Tuz, asos, kislotalar

Sulfat kisloata olish usuli

Sulfat kislota ikki xil usulda nitroza va kotakt usulda olinadi.Sulfat kislota olishda asosiy xom ashyo pirit (FeS2), metal sulfidlari, oltingugurt hisoblanadi. Bu moddalarning yonishi natijasida SO2 hosil bo’ladi. Agar SO2 ni SO3 ga aylantirishda azot oksidlari(NO2) ishlatilsa sulfat kislota olishning bu usuli nitroza usuli deyiladi: SO2+NO2+H2O = H2SO4+NO Hosil bo’lgan oksidning kislorod bilan ta’siridan yana NO2 hosil boladi.SO3 sulfat kislota eritmasiga yuttirilib, dastlab oleum (H2SO4*SO3) keyin kerakli konsentrasiyali sulfat kislota olinadi. Odatda nitroza usulda olingan sulfat kislota konsentrasiyasi 80 % gacha bo’lib asosan mineral o’g’itlar olish uchun sarflanadi. Hozirgi paytda ko’proq kontakt usuli ishlatiladi.Bu usulda katalizator sifatida V2O5 yoki Pt qo’llaniladi.Bu usulda reaksion aralashmadan fosfor, mishyak birikmalari va boshqa katalizatorni zaharlaydigan moddalardan tozalash shart hisoblanadi. Aralashmada kislorod miqdorining ortirilishi va jarayonni 45O oS da olib boorish orqali reaksiya unumi 95-97 % ga etkaziladi. Bu usulda ham hosil bo’lgan SO3 oleumga yuttiriladi.

Mavzu yaratuvchisi:

Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan