Rux


Rux (lot. Zincum), Zn — Mendeleyev davriy sistemasining 12- (avvalgi, yigʻiq jadval boʻyicha II) guruhiga mansub kimyoviy unsur. Tartib raqami 30, atom massasi 65,39. Rux och zangori rangli, kumush kabi yaltiroq metalldir.

Nam havoda ruxning sirti oksid parda bilan qoplanadi. Ruxning suyuqlanish harorati 419,53°C, qaynash harorati 907°, xona haroratidagi zichligi 7,133 g/sm3. Rux kimyoviy jihatdan faol metallarga kiradi. Kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilsa, ishqorlarda ham eriydi. Yod va oltingugurt bilan xona haroratida birikadi. Qizdirilganda rux faol metallmaslar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Boshqa metallar bilan rux qotishmalar hosil qiladi.

Butun dunyoda ishlab chiqariladigan ruxning 40 foizi poʻlatni korroziyadan saqlash uchun sarflanadi. Rux kukuni yordamida kadmiymis va nodir metallar birikmalardan ajratib olinadi. Ruxdan ishlangan listlar konstruksion material sifatida, shuningdek, quruq elementlarning idishlarini tayyorlashda qoʻllanadi.

Birikmalari
  • ZnF 2 - Rux ftorid
  • ZnS - Rux sulfid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan