Ittriy


Ittriy (lot. Yttrium), Y — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 39, atom massasi 88,9059. Tabiiy Ittriy ning bitta barkaror izotopi 39Y maʼlum. Yer poʻstida massa jihatidan 2,0-10~3%, dengiz suvida 3-10~4 mg/l Ittriy bor. Ittriy boshqa nodir metallar b-n birgalikda ksenotim, fergyusonit, evksenit, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. Ittriy — oqish kumushrang metall. Zichligi 4,45 g/sm3. Suyuqlanish t-rasi 1528°, qaynash t-rasi 3320° atrofida. Brinell boʻyicha kattikligi 628 MPa, unga mexanik ishlov berish oson. Ittriy havoda yupqa mustahkam oksid parda b-n qoplanadi. Metall holdagi Ittriy ilk bor Ittriy Vyoler tomonidan 1828 yil da ajratib olingan. Ittriy qaynoq suvda havo kislorodi taʼsirida sekin oksidlanadi, mineral kislotalar b-n oson (ftorid kislotadan tashqari) reaksiyaga kiri-shadi. Quyida Ittriyning eng muhim birikmalari haqida maʼlumot keltirilgan.

Ittriy (Sh)-o ks id. Y2O3 — rangsiz kris-tallar. Suyuqlanish t-rasi 2430°, qaynash t-rasi 4300° atrofida; zichligi 4,85 g/sm3. Suvda erimaydi, mineral kislotalarda yaxshi eriydi. Ittriy ning nitrat, oksalat, karbonat va b. tuzlarini 800—1000° da parchalash usuli b-n olinadi. Ittriy (Sh)toksid maxsus optik shi-shalar, issiqbardosh, oʻta oʻtkazuvchan va shaffof keramik mahsulotlar, lyuminoforlar, ittriy-temir va b. ittriyli granatlar olishda qoʻllaniladi.

Ittriy (Sh)-ftori d — rangsiz kristallar. Suyuqlanish t-rasi 1155°, qaynash t-rasi 2230°; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda Ittriy olish uchun ishlatiladi.

Ittriy (Sh)-xlorid — rangsiz, gigroskopik kristallar. Suyuqlanish t-rasi 721°, qaynash t-rasi 1482°; zichligi 2,8 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda sof Ittriy olishda ishlatiladi.

Ittriy poʻlat va choʻyanlarga legirlovchi, issiqqa chidamliligini oshiruvchi qoʻshimcha sifatida, qiyin eriydigan, lyuminofor va lazer materiallar olishda qoʻllaniladi. ITUZUM (Solanum) — ituzumdoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar, chala butalar va butalar, baʼzan past boʻyli daraxtlar (tropiklarda) turku-mi, dorivor oʻsimlik. 1700 ga yaqin turi bor. Aksariyat turlari Jan. Amerikada tarqalgan. Ayrim mamlakatlarda pal-lali Ittriy (Ittriy laciniatum) dorivor oʻsimlik sifatida ekiladi (bargi va poyasida solasonin va salamargin alkaloidlari koʻp). Oʻzbekistonda begona oʻt hisoblanadigan guli binafsha rang , mevasi qora (Ittriy nigrum) va qizil turi uchraydi. Poyasi sershox, tik usadi, boʻyi 90 sm gacha. Barglari oddiy va mu-rakkab, tuxumsimon, oʻyiq. Mevasi — koʻsakcha, qora yoki qizil dumaloq rezavor. Iyul—okt.da gullab mevalaydi. Bir oʻsimlik 40 mingtagacha urugʻ beradi. Urugʻlari qattiq qobikli, tuttroqda uzoq vaqtgacha unuvchanlik qobiliya-tini saqlaydi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida ekinzor dalalarda begona oʻt sifatida koʻp uchraydi. Ittriyning do-rivorlik xususiyatlari ham bor. Xalq tabobatida tomoqnafas yoʻllari xas-taliklarini davolashda mevasidan foydalaniladi.[1]

Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan