Vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasi. Yer sharining 3/5 qismi suv bilan qoplangan. Miqdori 2.1018 t. Ko’p moddalarning 90% miqdori suv bo’ladi. hayvon va o’simlik organizmida 75-76% suv bo’ladi.
Fizik xossalari: suv suyuq holatda rangsiz. 18oC da toza suvning elektr o’tkazuvchanligi 4,4.10-8 om-1 sm-1. Toza suv elektr tokini deyarli o’tkazmaydi. Agar P = 1 atm bosim, 0oC haroratda u muzga aylanadi. 100oС dan yuqorida suv bug’ga aylanadi. 4oC da suv eng katta zichlikka ega bo’lib, 1 ga teng deb qabul qilingan.
Muz - rangsiz, d= 0,9168 g/sm3. Suvdan yengil. Bosim 2000 dan 6500 atm gacha borsa, muz har xil formalarga o’tadi. 21700 atm bosimda muzning 7 xil modifikatsiyasi bor. Uning zichligi d=1,5 ; suyuqlanish harorati Tsuyq.=+76oС u issiq muz deyiladi.
Kimyoviy xossalari: Suv molekulasining dipol momenti m =1,74.10-18
sp3 gibridlanish, lekin gibrid orbitallarning 2 tasida bog’lanmagan 4 elektron jufti aylanadi. Suvning dielektrik doimiysi 81 ga teng. Etanolniki 27, efirniki 2. Qattiq va suyuq holatda suv molekulasi (H2O)n 4oCda n=2, 0oCda n=3. Molekulalarning assotsiatsiyalanishi vodorod bog’lari hisobiga sodir bo’ladi.
H---O. . .H---O. . .H---O
H H H
1000oC da suv parchalanadi: 2H2O = H2 + O2 - 245,2 kj./mol. Peaksiya qaytar.
5000oC da suv vodorod va kislorodga to’la parchalanadi. Suv kuchsiz elektrolit. 555 mln molekuladan bittasi ionlarga ajralgan bo’adi.
H2O = H+ + OH- Ksuv=1,8.10-16
Oksidlanish -qaytarilish reaksiyalarida suv odatda muhit vazifasini bajaradi.
Kuchli qaytaruvchilar ta’sirida odatdagi va yuqori haroratlarda suv oksidlovchi bo’ladi. Masalan: ishqoriy va ishqoriy-yer metallari bilan sovuq holda, Fe, C va boshqalar yuqori haroratda ta’sirlashadi.
2H2O + Na = 2NaOH + H2
2H2O + 2e® H2 + 2OH- 1
Na - e -® Na+ 2
Kuchli oksidlovchilar ta’sirida suv qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi. F2 + H2O = 2HF + O (yonadi)
F2 + 2e ® 2F- 1
H2O - 2e ®O + 2H+ 1
Boshqa moddalarning molekulalariga suvni birikishining 3 xil turi ma’lum: 1) ion, 2) koordinatsion, 3) adsorbtsion.
CaO + H2O = Ca(OH)2 P2O5 + 3H2O = 2H3PO4
Na2O + H2O = 2NaOH N2O5 + H2O = 2HNO3
CoCl2 + 6H2O ® [Co(H2O)6]Cl2
CiSO4 5H2O ® [Ci(H2O)]SO4H2O
Akvakomplekslarning parchalanishi tuz rangining o’zgarishi bilan boradi.
3) Molekulalararo kuchlar ta’siri tufayli har qanday modda ham ma’lum miqdorda suvni o’z sirtiga adsorbtsiya qilish xossasiga ega. Adsorbtsiya tipida moddaga birikkan suv gigroskopik suv deyiladi. U 100oС da qizdirilsagina suv chiqib ketadi. H2SO4, CaCl2, P2O5 suvni adsorbtsion yutadi.
Og’ir suv . 21 D izotopi kislorod bilan D2O birikma hosil riladi. Bu birikma og’ir suv deyiladi. Tabiatda har 5500-8000 molekula oddiy suvga 1 ta molekula og’ir suv to’g’ri keladi. Og’ir suv oddiy suvni elektroliz qilib olinadi. Bunda D2O o’zgarishga uchramasdan elektrolitning qoldig’ida yig’iladi. Lyuis 20 l suvdan 0,3 ml og’ir suv D2O oldi.
D2O rangsiz, siropsimon suyuqlik , zichligi d =1,10421 g/sm3 , suyuqlanish harorati Tsuyur = 3,8oC, qaynash harorati Trayn = + 101,4oC. D2O yadro texnikasida katta ahamiyatga ega. U yadro reaktorida neytronlarni sekinlashtiruvchi modda sifatida, deyteriy olish uchun xom ashyo sifatida va termoyadro reaksiyalarida ishlatiladi.