Xrom va uning birikmalari.


 Tabiatda uchrashi

Temirli xromtosh holida uchraydi. Cr2FeO4  yoki Fe(CrO2)2.Qo’rg’oshinli qizil ruda PbCrO4.   Xromli oxra Cr2O3.

                                     Xossalari

Xrom – oq yaltiroq metall, qattiq, mo’rt. U qaytaruvchi, 2 tadan 6 tagacha elektron beradi. Shuning uchun kimyoviy reaksiyalarda sharoitiga qarab  +2, +3 va  +6 oksidlanish darajasiga ega bo’ladi.

Xrom kislorod bilan xona temperaturasida oksidlanmaydi. Ftor bilan oson reaksiyaga kirishadi. Temperatura ta’sirida oltingugurt, kremniy va brom bilan ta’sirlashadi. Maydalangan holda suvni parchalaydi.

2Cr + 6H2O =2Cr(OH)3 + 3H2O

Suyultirilgan HCl da erib va H2SO4 da erib, xrom +3 tuzlariga aylanadi:

2HCl + Cr = CrCl2 + H2

4HCl + 4CrCl2 + O2 = 4CrCl2 + 2H2O

HNO3, zar suvida ( 1:3 HNO3 va HCl ) oddiy temperaturada zar suvini passivlashtiradi. Lekin HCl da uzoq vaqt qaynatilsa vodorod ajraladi. Keyin bu reaksiya sovuqda ham davom etadi. Passivlangan xrom o’zini nodir metallga o’xshab tutadi,

Xromning olinishi. Sof metallni alyuminlotermiya usuli bilan olish mumkin.

2Al + Cr2O3 = Al2O3 + 2Cr + 456 kJ

2Cr2O3 + 3Si = 2SiO2 + 4Cr

Fe(CrO2)2 + 4C = 4CO + Fe + 2Cr

Laboratoriyada xrom olish uchun temir xromitdan dastlab xrom (III)- oksid olinadi. Buning uchun xromli temirtosh kislorod va soda bilan suyuqlantiriladi. Keyin natriy xromatdan uglerod yordamida xrom (III)-oksidi olinadi.

4Сr2FeO4 + 7O2 + 8Na2CO3 = 8Na2CrO4 + 2Fe2O3 + 8CO2

 

3C + 2Na2CrO4 =3CO + 2Na2O +Cr2O3

Texnikada ishlatilishi. Po’lat ishlab chiqarish sanoati xrom ishlatiladigan 1-2% Cr tutgan po’latlarqattiq va mustahkam bo’ladi. Po’latda 12% xrom bo’lganda zanglamaydigan po’lat hosil bo’ladi. Xrom metal buyumlarni qoplashda ishlatiladi. Masalan, el –tiral, nixrom, xromal.

Terichilik sanoatida xrom tuzlaridan pishiq xromli terilar olishda ishlatiladi. Cr3+ birikmalari barqaror.

Ishqoriy muhitda Cr3+ ----- Cr6+

Cr3+ –  yashil va ko’k binafsha       

Cr6+ – sariq (xromatlar)

Cr6+– jigarrang (bixromat)

 

CrO – qora kukun

Cr(OH)2 – sariq rangli

CrCl2 – rangsiz kristall suvda eriydi.

Cr2O3 – xromli oxra, yashil rangli kukun  t=19000C

Tajriba.  (NH4)2Cr2O7 = Cr2O3 + 4H2O + N2

  1. Uglerod bilan qaytarish:

3C + (NH4)2Cr2O7 = 3CO + Na2O + Cr2O3

  1. S qaytarish:

S + K2Cr2O7 = K2SO+ Cr2O3

  1. Temperatura ta’sirida parchalanish:

            2Cr(OH)3 = 3H2O + Cr2O3

  1. (NH4)2Cr2O7 = N2 + 4H2O + Cr2O3

Xrom (III) – oksidini soda yoki ishqorlar bilan suyuqlantirish natijasida meta- va ortoxromatlar hosil bo’ladi.

CrCl3 + 3NaOH = Cr(OH)3 + 3NaCl

Cr(OH)3 + 3HCl =CrCl3 + 3H2O

Cr(OH)3 + 3NaOH = Na3Cr(OH)6

HCrO2 – metoxromitlar

H3CrO3 – ortoxromitlar

Cr2O3+ 2NaOH = 2NaCrO2 + H2O

Cr2O3+ 6NaOH = 2Na3CrO3 + 3H2O

Xrom (III) gidroksidi kuchli oksidlovchilar ta’sirida ishqoriy muhitda Cr+6 birikmalariga o’tadi.

2Na3[Cr(OH)6] + 3Br2 + 4NaOH = 2Na2CrO4 + 6NaBr + 8H2O

[Cr(OH)6]3- + 2OH- - 3e = CrO42- +4H2O

Br2 + 2e = 2Br-1

 

Na3[Cr(OH)6 o’rniga Cr(OH)3 ni olish mumkin

Xrom birikmalaridan Cr+3 kationi ko’k rangli xrom (III) sulfat, xrom (III) nitrat,xrom (III)xlorid , xrom (III) anion holda bo’lsa, yashil rangli bo’ladi. Masalan, natriy xromit, kaliy xromit.

Tajriba: Kaliy xromli achchiqtosh yoki kvaosga oz miqdorda ishqor qo’shamiz.

2Cr(OH)3 + 3H2SO4 = Cr2(SO4)3 + 6H2O

                                            ko’k rang

Cr(OH)3 + KOH = KCrO2 + 2H2O

                                    yashil rang

III valentli xrom tuzlarigidrolizga uchraydi.

CrCl3 + H2O = CrOHCl2 + HCl

CrOHCl+ H2O = Cr(OH)2Cl + HCl

Cr(OH)2Cl + H2O = Cr(OH)3 + HCl

Cr2S3 – qora kristall modda, suvda erimaydi.

2CrCl3 + 2H2S = Cr2S3 + 6HCl

2Cr + 3S = Cr2S3

Bu tuz kuchli gidrolizga uchraydi va to’la gidroliz sodir bo’ladi.

Cr2S4 + 6H2O = 2Cr(OH)3 + 3H2S

Xrom (III) birikmalarining koordinatsion soni 6 ga teng komplekslar hosil qiladi. [Cr(H2O)6]Cl6      [Cr(H2O)5Cl]Cl2      [Cr(H2O)4]Cl   H2O

ko’k binafsha rang                 tim yashil rang                         och yashil rang

     [Cr(NH3)6]Cl3         K3[Cr(OH)6]           K3[CrCl6]

Xrom (VI) oksidi, xromat kislotasining angidridi – to’q qizil rangli ignasimon kristallga ega. Suvda oson eriydi. Bunda xromat kislotasi hosil bo’ladi. Xromat angidridga xromat kislota va dixromat kislota to’g’ri keladi.

2H2CrO4 = H2Cr2O7 + H2O

Suyultirish ortishi bilan muvozanat H2CrO4 tarafiga qarab suriladi.

Xrom (VI) oksidi zaharli. Natriyli yoki kaliyli xromat texnikada xromli temirtoshni soda, potash yoki ohak bilan kuydirib olinadi.

4Cr2FeO4 + 3O2 + 8Na2CO3 = 8Na2CrO4 + 2Fe2O3 + 8CO2

Na2Cr2O7 + Na2CO3 = Na2CrO4 + CO2

Tajriba. Agar xrom (III) oksidiga ishqor va oksidlovchi qo’shilsa, xromatlarga o’tadi:

Cr2O3 + NaNO2 + 4NaOH = 2Na2CrO4 + 2NaNO3 + 2H2

Agar natriy xromatga kislota qo’shilsa, muvozanat chapgs suriladi. Agar ishqor qo’shilsa, muvozanat o’ngga suriladi.

2Na2CrO4 + H2SO= Na2Cr2O7 + H2O + Na2SO4

Na2Cr2O7 + 2NaOH =2Na2CrO4 + H2O

Xromat kislota tuzlari juda kuchli oksidlovchilar.

3H2S + K2Cr2O7 + 4H2SO4 = S + Cr(SO4)3 + 7H2O + K2 SO4

Xromatlar xromning (III) valentli tuzlarini ishqoriy sharoitda oksidlab oson olinadi:

2CrCl3 + 3H2O2 + 10KOH = 2K2CrO4 + 6KCl + 8H2O

Bixromatlar olish uchun xrom (III) valentli tuzlarini kislotali muhitda kuchli olsidlovchilar KClO3, KMnO4, NaBiO3 .

2Cr(NO3)3 + 3NaBiO3 + 6HNO3 = H2Cr2O7 + 3NaNO3 + 3Bi(NO3)3 + 2H2O

Xromning periks tipidagi birikmalari ma’lum. Ular nad kislotalar deyiladi.

4CrO3 + 2H2O2 + H2SO4 = H2Cr2O8 + Cr2(SO4)3 + 4H2O + 2O2

Xromning birikmalaridan CrO2Cl2 qizil qo’ng’ir rangli suyuqlik.

CrO2Cl2 + H2O = H2CrO4 + 2HCl

Qo’llanilishi. Kaliy dixromat terichilik, tekstil, lak bo’yoq va farmatsevtika sanoatida ishlatiladi. Qo’rg’oshin xromat sariq bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi. Kaliy dixromat va konsentrlangan sulfat kislota tehg miqdorda aralashtirilsa, xrompik deyiladi. Bu aralashma bilan kimyoviy idishlarni yuviladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan