Temir eng ko’p tarqalgan kimyoviy elementlardan biri hisoblanadi. Uning yer qobig’idagi miqdori 5% (massa) ga boradi. U tuproq, har xil minerallar, gemoglobin, xlorofil tarkibida bo’ladi. Temirni kometalarda, saturn xalqasida va quyoshda borligi aniqlangan. Temir erkin holda meteoritlar tarkibida uchraydi.
Temirning eng muhim rudalari
Magnitli temirtosh yoki magnetit Fe3O4 ,bunda temirning miqdori 73 % ga boradi.
Qizil temirtosh - Fe2O3(60%) va qo’ng’ir temirtosh -Fe2O3 *nH2O (60%). Temir shpatlari ham ma’lum.
Fizik xossalari. Kimyoviy toza temir oq kumushsimon metall. U alyuminiydan bir oz qattiqroq.Oltin va kumushga nisbatan yumshoq. Agar motorni yakori toza temirdan yasalsa uning quvvati kremniyli temirga qaraganda 2 marta ortishi aniqlangan.
Temirni to’rtta allotropik shakl o’zgarishlari ma’lum. Bularga alfa, betta va gamma temirlar kiradi. Alfa temir 769o C gacha , betta temir esa 910 oC gacha , gamma temir 1400 oC va sigma (4 shakl o’zgarish) 1510 oC gacha mavjud. Agar temir tarkibida C,Si? Mn bo’lsa ular aralash holida bo’ladi.
Toza temir suyuqlanish temperaturasi 1539oC lekin 600oC da yumshoq bo’lib qoladi. 1000o C da sim qilib cho’zilishi va bir-biriga ulanishi mumkin.
Olinish usullari. 1. Laboratoriya sharoitida temir uning tuzlarini eritmalarini elektroliz qilib olinishi mumkin. Buning uchun temir(II) yoki temir (III) xlorid eritmasi elektroliz qilinadi. Agar elektroliz oddiy sharoitda o’trazilsa, olingan temir tarkibida ko’p vodorod eriydi. Jarayonni yuqori temperaturada olib borib katodda temirni toza qavatini hosil qilish mumkin. Bunda ularni tarkibida vodorod bo’lmaydi.
Fe2O3 + 3H2O = Fe + 3H2O
/Fe(CO)5/ = Fe + 5CO
Texnikada Fe rudalarini suyuqlantirish orqali olinishi mumkin. Bunda cho’yan hosil bo’ladi. Uning suyuqlanish temperaturasi 1100oC.
Cho’yan tarkibida 95% temir, 3% kremniy va 2,5 % marganes bo’ladi. Domna jarayoni po’lat va cho’yan olish mustaqil o’qish uchun beriladi.
Domna jarayonida ruda(piritni) yonishi sodir bo’ladi.
2Fe(OH)3 = Fe2O3 + 3H2O
FeCO3 = 3FeO + CO2
Fe3(PO4)2 = 3FeO + P2O5
Kimyoviy xossalari. Namlangan havoda temir tez qorayib qoladi. Buning sababi temirning bo’sh joylari ko’p. Lekin temirning sirti uni qorayishdan saqlaydi. Suvda quyidagi reaksiya sodir bo’ladi;
2Fe + 3/2O2 + nH2O = Fe2O3*nH2O
3Fe + 2O2 + nH2O = Fe3O4*nH2O
Fe + 2HCl = FeCl2 + H2
Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2
Fe + 4HNO3 = Fe(NO3)3 + NO + 2H2O
2Fe + 6H2SO4 = Fe2(SO4)3 + 3SO2 + 6H2O
100 %li konsentrlangan sulfat kislota temirni passivlashtiradi. Yuqori konsentrasiyali nitrat kislota ham temirni passivlashtiradi.
2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3
Fe + S = FeS
Azot va fosfor fosidlar, nitridlar hosil qiladi: Fe2N Fe3S , Fe3R, Fe2P.
Temir vodorod bilan gidridlar hosil qiladi. Bular quyidagilar FeN, FeN2, FeN3 va FeN6 gidridlar hosil bo’ladi.