Oltingugurt (IV) oksid. Sulfit kislota


Oltingugurt (IV) oksid. Oltingugurt (IV) oksid, boshqacha aytganda sulfit angidrid odatdagi sharoitda o'tkir, bo‘g‘uvchi hidli, rangsiz gaz. — 1 0 °C ga qadar sovitilganda rangsiz suyuqlikka aylanadi. U poiat ballonlarda suyuq holda saqlanadi.

Laboratoriyada oltingugurt (IV) oksid natriy gidrosulfit bilan sulfat kislotani o‘zaro ta’sir ettirib olinadi:

                                                                     2NaHS03+H2S04=Na2S04+2S02T+2H20

shuningdek, misni konsentrlangan sulfat kislota bilan birga qizdirish yoii bilan ham olinadi:

                                                                         Cu+2H2S04=CuS04+S02T+2H20

Oltingugurt (IV) oksid oltingugurt yondirilganda ham hosil bo'ladi. Sanoatda S 0 2 pirit FeS2 yoki rangli metallarning oltingugurtli rudalarini (rux aldamasi ZnS, qo‘rg‘oshin yaltirog‘i PbS va b.) kuydirishda hosil bo'ladi. Bunda hosil bo'lgan oltingugurt (IV) oksid S 0 2 asosan oltingugurt (VI) oksid S 03 va sulfat kislota olishda ishlatiladi.

Sulfit kislota. Oltingugurt (IV) oksid suvda yaxshi eriydi (1 hajm suvda 20 °C da 40 hajm S 0 2 eriydi). Bunda faqat suvdagi eritmadagina mavjud boiadigan sulfit kislota hosil boiadi:

                                                                                       S02+H20 ? ^ H 2S03

S 0 2 ning suv bilan birikish reaksiyasi qaytar reaksiya. Suvdagi eritmada oltingugurt (IV) oksid bilan sulfit kislota siljuvchan kimyoviy muvozanatda boiadi. H2S03 ishqor bilan bogianganda (kislota neytrallanganda) reaksiya sulfit kislota hosil boiish tomoniga boradi; S02 yo'qotib turilsa (eritma orqali azot o'tkazilsa yoki eritma qizdirilsa), reaksiya boshlangich moddalar hosil boiish tomoniga boradi. Sulfit kislota eritmasida doimo oltingugurt (IV) oksid boiadi va u kislotaga o'tkir hid beradi.

Oltingugurt (IV) oksid va sulfit kislota ko'pchilik bo'yoqlarni rangsizlantiradi, chunki ular bilan rangsiz birikmalar hosil qiladi. Bu rangsiz birikmalar qizdirilganda yoki yorug'da yana parchalanishi mumkin, natijada rang qaytadan tiklanadi. Demak, S0 2 bilan H2S03 ning oqartirish ta’siri xlorning oqartirish ta’siridan farq qilar ekan. Odatda jun, ipakvapoxol oltingugurt (IV) oksid ta’sirida oqartiriladi (xlorli suv bu materiallarni yemiradi).

Oltingugurt (IV) oksid ko'pchilik mikroorganizmlami oidiradi. Shu sababli mog'or zamburugiarini yo'qotish uchun yertoialar, vino bochkalari va boshqalar oltingugurt (IV) oksid bilan dudlanadi. Bu oksiddan mevalami tashish va saqlashda ham foydalaniladi. Oltingugurt (IV) oksidning ko‘p miqdori sulfat kislota olishda sarflanadi.

Kalsiy gidrosulfit Ca(HS03) 2 eritmasi (sulfitli eritma) muhim ahamiyatga ega, yog'och tolalari va qog'oz massaga shu eritma bilan ishlov beriladi.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan