Sulfat kislota asosli boigani uchun ikki qator tuzlar: sulfat lar deyiladigan o ‘rta tuzlar va gidrosulfatlar deyiladigan nordon tuzlar hosil qiladi. Kislota ishqor ta’sirida toiiq neytrallanganda (bir mol kislotaga ikki mol ishqor to‘g‘ri keladi) sulfatlar, ishqor yetishmaganda (bir mol kislotaga — bir mol ishqor) gidrosulfatlar hosil boiadi:
H2S04+2Na0H=Na2S04+2H20
H2S04+Na0H=NaHS04+H20
Sulfat kislotaning ko'pchilik tuzlarining amaliy ahamiyati katta.
Sulfat ionga sifat reaksiya. Sulfat kislotaning ko‘pchilik tuzlari suvda eriydi. CaS04 va PbS04 tuzlar suvda kam eriydi, BaS04 esa suvda ham, kislotalarda ham amalda erimaydi. Bu xossasidan bariyning istalgan eruvchan tuzidan, masalan BaCl2d a n su lfa t kislota va uning tuzlariga (to‘g‘rirog‘i SO4' ioniga) reagent sifatida foydalanishga imkon beradi:
H2S04+BaCl=BaS04i+2HCl
Na2S04+BaCl=BaS044+2NaCl
yoki ionli ko'rinishda:
So4" + B2+ =BaS04l
Bunda bariy sulfatning suvda va kislotalarda erimaydigan oq cho'kmasi tushadi