Azot gruppachasining umumiy tavsifi


Beshta element: azot, fosfor, surma, mishyak va vismut azot gruppachasini tashkil etadi. Bular D.I.Mendeleyev Davriy sistemasining V gruppasidagi p-elementlardir. Ular atomlarining tashqi energetik pog'onasida beshtadan elektron boiadi — ns2np3 ( 1 0 .1 - jadval, 2- p.). Shu sababli bu elementlarning yuqori oksidlanish darajasi +5 ga, quyi oksidlanish darajasi —3 ga teng, +3 oksidlanish darajasida ham bo iadi.

Azot atomida uchta juftlashmagan elektron bor. Shu sababli azotning valentligi uchga teng. Tashqi pog'onasida d-pog'onacha yo'qligi tufayli uning elektronlari bir-biridan ajrala olmaydi. Lekin azot atomi 2s- pog'onachasidan boshqa elektrmanfiy atomga bitta elektron berishi mumkin, shunda u zaryadli bo'ladi (N) +1 va to'rtta juftlashmagan elektronga ega boiib qoladi, ya’ni to'rt valentli boiadi. Bu hoi, masalan nitrat kislota H N 03 da kuzatiladi. Azot besh valentli boia olmaydi.

Gruppachadagi fosfor va undan keyingi elementlarning atomlarida 3J-pog'onachasida erkin orbitallari bor, shu sababli qo'zg'algan holatga o'tishida 3s- elektronlar bir-biridan ajralad.

Shunday qilib, azot gruppachasidagi barcha elementlarning qo'zg'almagan holatdagi valentligi uchta, qo'zg'algan holatida esa azotdan boshqalarining valentligi beshga teng.

Azot gruppachasidagi elementlar vodorod bilan RH3 tarkibli birikmalar hosil qiladi. RH3 molekulalari piramida shaklida boiadi (3.4-rasmga q.) Bu birikmalarda elementlarning vodorod bilan bogianishlari kislorod gruppachasidagi va, ayniqsa, galogenlar gruppachasidagi elementlarning shunga o'xshash birikmalaridagiga qaraganda puxtaroq boiadi. Shuning uchun azot gruppachasidagi elementlarning vodorodli birikmalari suvdagi eritmalarda vodorod ionlarini hosil qilmaydi.

Azot gruppachasidagi elementlar kislorod bilan umumiy formulasi R20 3 va R20 5 boigan oksidlar hosil qiladi. Oksidlarga H R 0 2, H R 0 3 kislotalar (va azotdan boshqa elementlarda ortokislotalar H3R 0 4) muvofiq keladi. Gruppacha doirasida oksidlarning xususiyati shunday o'zgaradi: N20 3 — kislotali oksid; P40 6 — kuchsiz kislotali oksid; As20 3 — kislotali xossalari kuchliroq amfoter oksid; Sb20 3 — asos xossalari kuchliroq amfoter oksid; Bi20 3 — asosli oksid. Shunday qilib, R ,03 va R20 5 tarkibli oksidlarning kislota xossalari elementning tartib raqami ortishi bilan kamayadi.

Gruppachadagi birinchi va oxirgi elementning xossalari birbiridan katta farq qiladi; azot — metallmas (x=3,0), vismut — metall (x=l,9). Lekin ketirilgan maiumotlardan ko'rinib turibdiki, birinchidan oxirgi elementga o'tish m aium qonuniyat bilan, atom yadrosining zaryadi va elementning tartib raqami ortib borishi bilan amalga oshadi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan