Rodiy


Rodiy (yun. rhodon — atirgul; lot. Rhodium), Rh — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Platina guruhidagi metallar turkumiga kiradi. Tartib raqami 45, atom massasi 102,905. 1 ta barqaror izotopi (l03Rh) bor. Uran yemirilganida Rodiyning massa sonlari 95 dan 110 gacha boʻlgan bir necha izotopi hosil boʻladi. Rodiyni ingliz kimyogari Vollaston 1803 yilda metall holida ajratib olgan. Rodiy Yer poʻstining massa jihatidan 110"7% ini tashkil qiladi, u tabiatda platina va platina guruhdsagi metallar bilan birga uchraydi. Kumushsimonkoʻkish rangli, korroziyaga chidamli qattiq metall. Suyuqlanish trasi 1960°, kaynash trasi 4500° ga yaqin, zichligi 12,42 g/sm³. Rodiy kimyoviy jihatdan juda barqaror. Faqat laqqa choʻgʻ holida metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Havoda 1000° da oksidlanib, Rh2O3 ga oʻtadi. Rodiy hech qaysi kislotada va kislotalar aralashmasida erimaydi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5 va 6 valentli boʻladi. Koʻpincha 3 valentli. Uning RhF3, RhCl3 Rhl3 tarkibli galogenidlari, Rh(OH)3H2O tarkibli gidrooksidi, Rh2S3, Rh3S4, Rh9Sg, Rh(HS)3 tarkibli sulfidlari, Rh(NO3)3 2 H2O, Rh2(SO4)3 15H2O tarkibli tuzlari maʼlum.

Rodiy platina affinajida hosil boʻladigan mahsulotlardan olinadi. Rodiyning platina bilan qotishmasi katalizator sifatida, termoparalar, kimyoviy jihozlar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi, Rodiy projektor va reflektorlar yasashda, elektr kontaktlar tayyorlashda ham qoʻllanadi. Rodiy tuzlaridan tibbiyotda, chinni sirlari uchun kora boʻyoq olishda foydalaniladi.[1]

Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan