Moddalar massasining  saqlanish  qonuni


   Bu kimyoning eng birinchi qonuni.  Bu qonun dastlab 1748 yilda M.V.Lomonosov tomonidan va keyinchalik 1789 yilda A.Lavuaze tomonidan ta’riflangan:

      "Kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi moddalar massasining  yig’indisi reaksiya mahsulotlari massalarining yig’indisiga  tengdir"  Misol:

 

                CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + CO2 + H2 O

                 100   +   73               111 +  44  + 18

                                                   

                              CaCO3 = CaO + CO2

                               100         56   +    44

     Radioaktiv parchalanish, atom va vodorod bombalarining portlashi kabi katta miqdorda energiya ajralib chiqishi bilan boradigan jarayonlar massalar saqlanish qonuniga emas, balki materiyaning saqlanish qonuniga bo’ysunadi.  Agar jarayon davomida E  energiya  ajralib chiqsa, bu  jarayon davomida massaning o’zgarishi  Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi:

                              E=m×c2                      

     c - vakuumdagi yorug’lik tezligi(c=3×10m/sek); m-massa o’zgarishi; E-energiya;m-massa.

         Reaksiyalarda massa  o’zgarishi  nihoyatda kichik bo’ladi va uni odatdagi tarozi

yordami bilan payqash qiyin.Agar kimyoviy jarayonda issiqlik ajralib chiqsa, mahsulotlar massasi kamayishi kerak. Kimyoviy raeksiyalarning issiqlik effektiga ko’ra mahsulotlarning massasini ortishi yoki kamayishi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. Aslida kimyoviy reaksiyalarda massa o’zgarishi juda kichik qiymatga ega bo’lib 10-11 -10-12 kg qiymatga ega bo’ladi.

 Masalan:

                H2 + 1/2O= H2O + 241,8 kj/mol   

         Reaksiyada massa o’zgarishi 2,7*10-9 g ni tashkil etadi.             

     Massaning o’zgarishi  kimyoviy reaksiyalarda juda oz bo’lganligidan amalda uni o’zgarmaydi deb olinadi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan