Tarkibning doimiylik qonuni


1781 yilda A.Lavuaze karbonat angidridi gazini 10 xil usul bilan hosil qilib,  gaz  tarkibidagi uglerod  va  kislorod  massalari  orasidagi nisbat(CO2) 3:8 ekanligini aniqladi.

       Bundan har qanday kimyoviy toza modda qaysi va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega  degan xulosa chiqarildi. 

      1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar  reaksiyalarga oid  tekshirishlar  asosida kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya  uchun  olingan  dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi degan xulosa chiqardi.

      Fransuz olimi J.P.Prust  Bertolening  yuqoridagi  xulosasiga qarshi chiqdi.

U  kimyoviy toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p  tajribalarida  isbotlab  berdi  va 1809 yilda  tarkibning  doimiylik  qonunini  quyidagicha ta’rifladi:

     "Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega . "  Masalan, toza suvni bir necha xil usul bilan olish mumkin:

     1) vodorod va kisloroddan sintez qilib:

                         2H2 + O2 = 2H2O

     2) neytrallanish reaksiyasi asosida:

                     NaOH + HCl = H2O + NaCl

     3) metanni yondirib:

                      CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O

     4) kristallogidratni parchalash:

                    CuSO4 * 5H2O =5 H2O + CuSO4  

 

     5) gidroksidlarni qizdirish:

                      Cu(OH)2 = CuO + H2O

     6) kislotalarni parchalash:

                       H2SiO3 = H2O + SiO2

     7) oksidlar bilan kislotalar reaksiyasi natijasida:

                    ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O

     Hosil bo’lgan  suvlarning tarkibida 11,11%  vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv 0 o S da muzlaydi, 100 o S da qaynaydi, 4,5o S  da zichligi 1 g/sm3  ga teng, o’zgarmas elektr o’tkazuvchanlikka va qovushqoqlikka ega. Bu qonunga molekulyar tuzilishli moddalar - gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi.

     Barcha noorganik moddalarning faqat 5% gina molekulyar tuzilishga ega.Molekulyar tuzilishli moddalar qatoriga inert gazlar(1 atomli), O2 , N2, F2, Cl2, H2 va boshqalar (2 atomli), suv, ammiak, metan, uglerod oksidlari kiradi (ko’p atomli). Bunday moddalarning tarkibi doimiy bo’ladi.

     Mavjud anorganik moddalarning 95% molekulyar tuzilishga ega emas.Bunday moddalarning kristall tugunlarida alohida atomlar yoki ionlar joylashgan bo’ladi.     Zamonaviy tekshirishlar asosida  ko’pdan ko’p moddalar o’zgaruvchan tarkibga ega  ekanligi aniqlandi.Masalan,titan oksidi TiO1,8 dan TiO 1,2 gacha , mis(1) oksidi tarkibi Cu1,8O dan Cu2O gacha , temir(11) oksidi Fe0,89O  dan Fe0,95O gacha,TiO1,46 dan TiO1,56  gacha o’zgarishi aniqlangan.Bunday moddalar d-elementlarning oksidlari, gidridlari, karbidlari, nitridlari va sulfidlari orasida keng tarqalgan. Ular k’opincha ravshan rangli,yarim o’tkazgich xossasiga ega, ularning reaksion qobiliyati  va katalitik aktivligi ancha yuqori. O’zgaruvchan tarkibli moddalar xossalarini tekshirgan  N.S.Kurnakov taklifiga ko’ra  o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bertolidlar deb, o’zgarmas, ya’ni molekulyar tarkibli birikmalar daltonidlar deb ataladigan bo’ldi.

          Hozirgi paytda tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha yangi ta’rifga ega: olinish usulidan qatiy nazar molekulyar tuzulishga ega bo’lgan moddalar ozgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega.  

          Karrali nisbatlar qonuni. 1804 yilda ingliz olimi D.Dalton modda tuzilishi  to’g’risidagi  atomistik  tasavvurlarga  asoslanib, karrali nisbatlar qonunini ta’rifladi:  "agar ikki element bir-biri bilan bir necha birikma hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil  massa  miqdoriga  to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik va butun sonlar kabi nisbatda  bo’ladi ."

     Karrali nisbatlar qonuni juda ko’p misollar bilan isbotlandi.

Masalan: azot bilan kislorod(1-jadval) bir- biri bilan bir necha  quyidagi birikmalarni hosil qiladi.1 qism azotga to’g’ri keladigan kislorod massasi kichik butun sonlar kabi bo’ladi.

1-jadval. Azot oksidlaridagi azot  va kislorodning tarkibiy qismlari va nisbatlari

  

Formula

 

Azot massasi

kislorod

massasi

1qism azotga

to’g’ri kelgan

kislorod

1qism azotga

to’g’ri kelgan

   kislorod

N2O

NO 

N2O3 

NO2   

N2O5  

       28

       14

       28 

       14

       28

      16

      16

      48

      32

      80  

    0,57

    1,14 

    1,71

    2,28

    2,85                                                

       1

       2

       3

       4

       5

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan