KIMYONING TARIXI


 Kimyo fani moddalarni va ular asosidagi o’zgarishlarni hamda o’zgarishlarni yuzaga keltiradigan jarayonlar  to’g’risidagi  fandir. Kimyoning mustaqil fan sifatida o’rganilayotganligiga 200 yildan ortdi.Chymeia- so’zi quyish ,tindirish ma’nosini beradi. Bu so’z qadimgi sharq tabiblari –farmasevtlarini o’simliklar asosida dori moddalari tayyorlash jarayonlarida alkimyogarlar tomonidan tilga olingan.

      Boshqacha fikrlarga ko’ra , alkimyo so’zini ildizi “khem” yoki “chemi”

balki “chima”- “qora tuproq” yoki “qora yurt” ma’nosini anglatgan.Qadimgi Misrda kimyogarlar oltin oladigan ustlar deb yuritilgan.Ularni rudalardan turli metallar oladigan sehrgarlar deb ataganlar.Qadimda kimyogarlar o’z faoliyatlarini yer boyliklarini o’rganishga (lotincha humus-er) bag’ishlaganlar. Shuning uchun ham kimyo yer to’g’risidagi san’at deb qaralgan. Kimyogar  esa yerdan  turli metallar oladigan san’atkor deb hisoblangan.

        Insonlar juda qadimdan oltin,kumush,mis, temir va metallarni ajratib olishni bilganlar.Musallas, sirka, dori-darmon,teri oshlash,matolarni bo’yash,bo’yoqlar tayyorlash,kulolchilik asosida kimyo elementlari yotadi.Ammo nazariy kimyo avval grek filosoflari asarlarida,keyinchalik  arablar asarlarida paydo bo’la boshladi.

Arab olimlari va kimyogarlari amaliy kimyoni ancha boyitdilar.Jabr ibn Xayon, ar-Raziy,o’zbek olimlari Forobiy.Beruniy,al-Xorazmiy,ibn Sino butun dunyoga tanilgan olimlar hisoblanadi.  

       1V asrdan XVI asrni o’rtalarigacha kimyo alkimyo davriga kiritiladi. Bu davr turli metallardan  oltin va kumush olish asosiy maqsad qilib olingan.Simob va oltingugurt har qanday metallni olishga asos bo’ladi deb hisoblangan.

        XVI asrdan boshlab  yatrokimyo – davolash kimyosi paydo bo’ldi. Yatrokimoning asoschisi nemis olimi Parasels(1493-1541) edi.Barcha hayotiy jarayonlar  kimyo nuqtai nazaridan tushuntirila boshlandi. Temir,mis,simob, mishyak,qo’rg’shin,surma va boshqalarni birikmalarini dori sifatidagi ta’siri o’rganila boshlandi.

        XV11 asrdan boshlab  kimyoda Flogiston(flogiston grekcha yonuvchanlik) nazariyasi hukm surgan.Nemis olimi  G.Shtal yonish,oksidlanish,qaytarilish jarayonlarini tushuntirish uchun bu nazariyani yaratdi.    Bu nazariyaga ko’ra metall yonsa flogiston ajraladi,shu tufayli  yengillashadi.Ko’mirda flogiston ko’p bo’ladi va u  zang bilan qizdirilsa  uni metallga aylantiradi.Ammo keyinchalik bu nazariya noto’g’ri bo’lib chiqdi.

      XV111 boshlarida rus olimi M.V.Lomonosov moddalar massasining kimyoviy jarayonda o’zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasi noto’g’riligini ko’rsatdi.Keyinchalik fransuz olimi A.Lavuaze metall qizdirilganda havodagi kislorod bilan ta’sirlanishini isbotladi. U yonish,oksidlanish jarayonlarini to’g’ri ifodaladi.Dj.Dalton o’z tajribalariga asoslanib atomistik nazariyani yaratdi va birikmalarda kimyoviy elementlar qanday nisbatda bo’lishini  to’g’ri ko’rsatdi.

1869 y. D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasini yaratganligi  kimyoning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.

      Keyinchalik O’rta Osiyoda kimyoni rivojlanishida  akademiklar S.Yu.Yunusov, O.S.Sodiqov,M.N.Nabiyev, H.U,Usmanov, K.S.Ahmedov, M.A.Askarov va boshqalarning xizmati katta bo’ldi.

      Toshkent farmasevtika institutida ham uzoq yillar koordinatsion birikmalar kimyosi boyicha ilmiy izlanishlar olib borildi (prof. M.A.Azizov). Tibbiyotga feramid, kupfur,ferrozink kabi dori moddalari joriy etildi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan