OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARINING AHAMIYATI


 Tirik organizmdagi barcha reaksiyalar  oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridan iboratdir. Nafas olish, ovqat hazm qilish, turli biokimyoviy sintezlar  asosida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari yotadi. Organizmda mikroelementlar yetishmasligi ana shu oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining yo’nalishida  o’zgarishlar ro’y berishi bilan boradi.

                       Oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalenti

              Oksidlovchi va qaytaruvchilar doim ekvivalent miqdorda reaksiyaga kirishadilar.

              Oksidlovchining ekvivalenti deb , oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi natijasida oksidlovchining qabul qilgan elektronlar soniga to’g’ri keladigan miqdorga aytiladi.Oksidlovchining ekvivalentini topish uchun uning moliekulyar massasini shu reaksiyada oksidlovchi qabul qilgan elektronlar soniga bo’lish kerak.

       Qaytaruvchining ekvivalenti deb, oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida

       qaytaruvchining  bergan bitta elektroniga to’g’ri keladigan miqdorga aytiladi.

       Qaytaruvchining ekvivalentini topish uchun uning molekulyar massasini shu 

       reaksiyada qaytaruvchi bergan elektronlar soniga bo’lish kerak.

                     Misol.      Fe2++Cr2O72-+H+→Fe3++Cr3++……

                        Fe  2+-e=Fe3+                                                   6        

                        Cr2O72-+14H++6e  ®2Cr3++7H2O               1

                 6Fe2++Cr2O72-+14H+  ®6Fe3++2Cr3++7H2O   

 

        Molekulyar holda yozilsa:

  

                 6FeSO4+K2Cr2O7+7H2SO4=3Fe2(SO4)3+Cr2(SO4)3+K2SO4+7H2O

 

       Oksidlovchining ekvivalenti .    Э K2Cr2O7=М/6=296/6=49g/моl

 

        Qaytaruvchining ekvivalenti .       Э FeSO4=M/1=152

 

                 Umumiy holda Э= М/n  M-oksidlovchining  yoki qaytaruvchining molekulyar massasi;  n-oksidlovchi yoki qaytaruvchi molekulasidagi atom yoki  ionlarning  qabul qilgan yoki bergan elektronlar soni.

                          OKSIDLANISH- QAYTARILISH POTENSIALLARI

                    Reaksiya uchun olingan oksidlovchi va qaytaruvchi orasida reaksiya ketishi  yoki ketmasligini bilish uchun  ularning normal oksidlanish –qaytarilish

 potensiallarini bilish kerak.Ularning qiymati   jadvallarda keltirilgan.                       

                   Normal elektrod potensiyali qancha kichik bo’lsa , metall shuncha aktiv  bo’lib,osonlik bilan oksidlanadi  tuzlaridan keyinlik bilan qaytariladi. Har bir metall   normal elektrod potensiali o’zinikidan yuqori bo’lgan barcha metallarni ularning tuzlaridan siqib chiqaradi.Galvanik elementlarda ham oksidlanish –qaytarilish  jarayonlari ketganligi  sababli ularning elektr yurituvchi kuchini  normal elektrod    potensiyallarini farqidan topish mumkin.                                              

                Misol.  Zn-2e=Zn2+       Cu2++2е=Сu

        

               Е   Zn/Zn=0.763 v ;   E  Cu/Cu=+0,337 v  

                Unda  shu oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi uchun

                    Е  Сu/Сu- Е Zn/Zn=  0.337  -  (-0.763)  =   1.1  v

          Agar   2 FeCl3+SnCl2= 2 FeCl2+ SnCl4  reaksiyasi olinsa

                   E Fe3+/Fe2+= +0,77 v   E Sn2+/Sn4+=+0,15  v

                   Bu qiymatlarga ko’ra Sn2+/Sn4+ jufti qaytaruvchi, Fe3+/Fe2+ jufti esa     

        oksidlovchi  bo’la oladi.Bu reaksiya chapdan o’ngga bora oladi.

           Agar           2NaCl+ Fe2(SO4)3=2FeSO4+ Cl2+Na2SO4

            Reaksiyaning ion tenglamasi:

                         2Cl- + Fe3+ = Cl2 +Fe2+

                        2Cl-/Cl2  jufti uchun  E= +1,36  v; Fe3+/Fe2+ jufti uchun E= +0,77 v  :

                 2Cl-/Cl2 jufti oksidlovchi , Fe3+/Fe2+jufti esa qaytaruvchi bola oladi.     

       Demak,reaksiya bu erda teskari tarafga boradi.

               Demak, elektronlar elektrod   potensiyali   musbat metalldan potensiali manfiy metallga o’tadi. Odatda oksidlanish –qaytarilish reaksiyalarida elektrod sifatida ishlatiladigan metallarning tashqi ko’rinishida o’zgarishlar roy beradi.Agar elektrod platinadan yasalgan bo’lsa  bu elektrodda o’zgarishlar ro’y bermaydi. Unda faqat oksidlanish-qaytarilish reaksiyasigina ketadi. Shunday qilib, elektr yurituvchi kuch ayni jarayonda musbat bo’lsa oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi uning tarafiga ketadi.

            

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan