KOVALENT BOG’LANISH HOSIL QILISH USLUBI


Kovalent bog’lanish juftlashmagan  elektronlar  hisobiga hosil bo’ladi. Qo’zg’almagan azot atomida 3 ta toq elektron bor.

                        ┌─┬─┬─┐

                 N ─┼─┴─┴─┘

                   └─┘ 2p

                   2s

     Demak, atomdagi juftlashmagan elektronlar hisobiga 3ta  kovalent bog’  hosil  bo’ladi.  N 2  va NH3  molekulalarida azotning kovalentligi  3  ga teng.

                            ..                        ..            

                           N :   + 3H.  = H:N:H

                            .                          .. 

                                                      H

     Qo’zg’almagan uglerod  atomida  2ta juftlashmagan elektron bo’lganligi uchun 2ta kovalent bog’  hosil qiladi.

                          ┌─┬─┬─┐

                    ┌─┼─┴─┴─┘

                    └─┘  2p

                     2s

     CO2  va  CH4  larda uglerod atomi qo’zg’olgan holatga o’tganligi uchun 4ta kovalent bog’ hosil qiladi. Bunda bog’ hosil bo’lish jarayoni ko’p energiya ajralib chiqishi bilan boradi.                  

 

                           ┌─┬─┬─┐                        ┌─┬─┬─┐

                  S ┌─┼─┴─┴─┘  ------ S*   ┌─┼─┴─┴─┘

                     └─┘  2p                              └─┘  2p

                     2s                                        2s

     Kislorod va ftor atomlari bo’sh orbitallarga ega  emas.  Bunda juftlashmagan elektronlar  sonini oshirish uchun elektronlar 3s orbitalga o’tish kerak,  lekin bunda juda ko’p energiya sarflanishi kerak, u yangi  bog’ hosil bo’lishini qoplamaydi va   shuning uchun yangi bog’ hosil bo’lmaydi. Shuning uchun kislorod atomida faqat 2ta, ftor atomida bitta juftlashmagan elektron bor. Bu elementlar uchun doimiy valentlik xarakterli bo’lib, kislorod 2 va ftor 1 valentli.

     III va boshqa davr elementlari d pog’onachadagi elektronlarni qo’zg’olgan holatda keyingi pog’onaning s va p  pog’onachalariga o’tkazishi mumkin.  Bunda juftlashmagan elektronlar soni ortadi. Masalan: Cl ning qo’zg’olmagan holatda 1 ta  juftlashmagan  elektroni bor.

 

                                  ┌─┬─┬─┬─┬─┐

                 ┌─┬─┬─┼─┴─┴─┴─┴─┘

     Cl  ┌─┼─┴─┴─┘   3d            HClO

           └─┘ 3p

         3s

     Xlorning 3ta qo’zg’olgan holati ma’lum.

 

                                          ┌─┬─┬─┬─┬─┐

                         ┌─┬─┬─┼─┴─┴─┴─┴─┘

     Cl *       ┌─┼─┴─┴─┘   3d            HClO2

                   └─┘ 3p

                    3s

                                            ┌─┬─┬─┬─┬─┐

                           ┌─┬─┬─┼─┴─┴─┴─┴─┘

     Cl**        ┌─┼─┴─┴─┘   3d            HClO3

                     └─┘ 3p

            3s

                                             ┌─┬─┬─┬─┬─┐

                            ┌─┬─┬─┼─┴─┴─┴─┴─┘

     Cl ***       ┌─┼─┴─┴─┘   3d            HClO4

                       └─┘ 3p

            3s

     Shuning uchun ftor atomidan farq qilib,  xlor 1,  3,  5, 7 valentli bo’lishi mumkin.  Oltingugurt atomida 3d pogonacha ham bor va u 4, 6 valentliklarni ham namoyon qiladi - SO2,  SCl4,  SF6.

     Ko’pchilik holatlarda  kovalent  boglanishlar   elektronlarning juftlashishlari tufayli sodir bo’ladi.

                            H

                            .*                          

                        H.*N:

                            .*

                            H

     Bu yerda  nuqtalar bilan avval azotga tegishli,  * bilan avval vodorodga tegishli bo’lgan elektronlar ko’rsatilgan.  8 ta elektron dan 6  tasi 3 ta kovalent bog’  hosil qilishda ishtirok etadi.  Lekin 2ta elektron faqat azotga tegishli va bo’linmagan elektronlar  juftini  hosil qiladi.  Bu elektronlar jufti bo’sh orbitali bor bo’lgan

boshqa atom bilan kovalent bog’lanish hosil qiladi.  Bo’sh 1s  orbital vodorod ionida bor.    

 

                                  ┌─┐

                       H +      └─┘

     Masalan: ammiakning  vodorod ioni bilan ta’sirlashuvi natijasida kovalent bog’ hosil bo’ladi. Azotning bo’linmagan elektron jufti  ikkala atom uchun umumiy bo’lib qoladi va NH4+  ioni hosil bo’ladi:

                                                        ┌─        ─┐+

                   H       ┌─┐                   │  H        │

               H.N: +   └─┘  H +    ®    │H.N:H  │

                   H                                  │     H     │

                                                        └─          ┘

     Bunda kovalent  bog’lanish oldin azot (donor)ga tegishli elektronlar hisobiga vodorod atomi (aktseptor)dan orbital berilishi hisobiga hosil  bo’ladi.  Shuning uchun bunday bog’lanish donor-aktseptor bog’lanish deyiladi.

     Tajribalar natijasida  to’rttala  N-H bog’lari ham bir xilligi topilgan. Bundan donor-akseptor  bog’lanish  tufayli  hosil  bo’lgan boglar juftlashgan  elektronlar  hisobiga hosil bo’lgan boglardan farq qilmaydi degan xulosa kelib chiqadi. Donor-akseptor bog’ga yana bir misol- N 2 O.  Uning struktura tuzilishi O=N  = O . Bundan markaziy azot atomi boshqa atomlar bilan  5  orbital,  ya’ni  10   ta  umumiy elektron soniga  ega fikr chiqadi.  Shuning uchun bu formula noto’g’ri hisoblanadi. Azot (I) oksidni struktura  formulasini  ko’rib,  har bir atomga tegishli elektronlarni 5 .  0va * bilan belgilaymiz:

 

                        ..       * *       

                      :O.*  .*  N * .   : N :                                    

 

     Markaziy azot atomida juftlashmagan elektron hisobiga, 2 chisi kovalent bog’lanish hosil qiladi.                    

       Shunday qilib, kislorod atomidagi elektron qavatlar to’ldirilgan,  ularda 8 ta elektron barqaror qavat hosil qilgan. Lekin eng chetdagi azot atomida 6 ta elektron bor,  demak oxirgi azot elektronlar aktseptori bo’lishi mumkin. Uning yonidagi markaziy atom bo’lsa bo’linmagan elektron juftiga ega,  va u donor  bo’lishi  mumkin.  Bu azot atomlari orasida donor aktseptor bog’lanish hosil bo’lishiga olib

kelib, yana bitta kovalent bog’ hosil qiladi.    

     Demak, N2O ni tarkibidagi har bir atom  8 ta  dan  elektroni bor barqaror  qavatni hosil qiladi.  Agar donor-aktseptor bog’lanish tufayli hosil bo’lgan bog’ni struktura formulasi: 

 

                          O=N=N

 Markazdagi azot atomining kovalentligi 4ga chetdagi azotning kovalentligi 1ga

teng. Yuqorida keltirilgan misollar  atomlar  kovalent  bog’lanishni har xil holatlarda hosil qilishini ko’rsatadi. Kovalent bog’lar:

     1) qo’zg’olmagan atomdagi juftlashmagan elektronlar;

     2) qo’zgolgan atomdagi elektronlar juftining yakkalanishi va

     3) donor-aktseptor usulida hosil bo’lishi mumkin.

     Lekin ayni  atomning  kovalent boglari soni chegaralangan.  U valent orbitalllar soni bilan aniqlanadi,  bu orbitallar soni kovalent bog’  hosil qilishdagi energetik jihatdan qulay holatlar sonidir. Kvant-mexanik hisoblashlar bunday orbitallarga tashqi  s,  p   va tashqaridan   2d   orbitallar kirishini ko’rsatadi.  Xlor va oltingugurt misolida d orbitallar ham ishtirok etishini ko’rdik.

     2-davr elementlarining  eng chetki elektron qavatida 4 ta orbital bor.  Demak,  ularning valent orbitallariga 8  ta  elektron joylashtirish mumkin. Bu davr elementlarining maksimal kovalentliklari 4 ga teng.

     3- va  keyingi davr elementlarida kovalent bog’ hosil qilishda s, p hamda d orbitallar ishtirok etadi.  d  elementlarning  shunday birikmalari borki, bunda kovalent bog hosil qilishda s, p (4ta) va  d (5ta) orbitallar ishtirok etadi va maksimal valentligi   9  ga  teng bo’ladi. Atomning ma’lum bir kovalent bog’lar hosil qilish qobiliyati kovalent bog’ning  to’yinganligi   deyiladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan