1 VA II A GURUH ELEMENTLARI VA ULARNING BIRIKMALARI


Vodorod XV1 asrning birinchi yarmida nemis vrachi Paratsels tomonidan kashf etilgan. 1776 yilda ingliz olimi G.Kavendesh uning xossalarini va bosqra gazlardan farqini o’rgandi. 1783 yilda A.Lavuaze vodorodni birinchi marta suvdan oldi va suv ham vodorod va  kisloroddan tashkil topishini ko’rsatdi.

Vodorodni qaynash temperaturasi  -252o S , suyuqlanish temperaturasi - 259,2 oS . Vodorodni 3 ta izotopi bor:   11H  protiy. 21H  deyteriy, va    31H  tritiy.

Tabiatda   99,985 %  protiy va 0,015 %  deyteriy bo’ladi.

 H atomi yadrosi 1 e dan iborat, atom massasi 1,00797 vodorod atomi musbat va manfiy zaryadlangan ionlar xosil qilishi mumkin.

       H   -e    =  H+    -1305 kJ               H   +e   =    H-    +76,1 kJ 

H+ bu, yadro, ya’ni erkin proton.H-  inert gaz neonni elektron qavatiga o’xshash. H anchagina beraror.   H+  farat kovalent boq’  hosil qiladi.

 TABIATDA   UCHRASHI

Vodorod tabiatda keng tarqalgan kimyoviy element. Yer sharida uning miqdori 17 %( atmosfera, litosfera va gidrosfera). U torpf va qo’ng’ir ko’mir tarkibiga, neft, suv, tuproq va boshqalarni tarkibida bor. Erkin holda vodorod juda kam uchraydi. Vodorod eng ko’p tarqalgan kimyoviy element. U quyoshning yarmini, yulduzlarning asosiy qismini tashkil etadi. U ko’p planetalar  atmosferasida, kometalarda, gaz va tumanlarda bor.

SANOATDA OLINISHI

  1. Tabiiy gazdan olinadi :

CH4   +   H2O  =   CO   +   3 H2 

CO   +    H2O  =    CO2  +    N2

  1. Kuchlisovutish usuli . Vodorodni koks va suv gazidan gazlar aralashmasini sovutish usuli past temperaturada olinadi.
  2. Konversiya usuli

                      

                         CO   +     H2O     =     CO2    +    H2   

Reaktsiya 500 oC  da 25 atmosfera bosimda katalizator Fe2O3 yoki    Cr2O3  ishtirokida amalga oshiriladi.

  1. Temir bug’ usuli (MHM) da keng tarqalgan usul. Bu usulda 600-700oC cho’g’ holidagi temirni suv bug’i bilan ta’sirlanishiga asoslangan. Bunda temir bir necha mahsulotlar hosil qiladi. Suv bugi qaytarilib vodorod hosil qiladi.

                  Fe  +   H2 O  =   FeO   +    H2

                  Fe O  +   H2O  = Fe2O3  +   H2 

                  Fe2O3   +  FeO  =   Fe3O4

Laboratoriyada  vodorod  quyidagi usullar bilan olinadi:

  1. Natriy gidroksid yoki KOH ni(34%) eritmasini elektroliz qilish orqali olinadi. NaOHyoki  KOH   suvni elektr o’tkazuvchanligini yaxshilash uchun kerak.
  2. 2HCl+   Zn     =    ZnCl2  +   H2
  3. Zn(OH)2+  2NaOH  =  Na2ZnO2   +    H2 
  4. 2Al+   2H2O  +  2NaOH  =  2NaAlO2  +  3 H2
  5. 2Al +6NaOH+ 6H2O =  2Na3/ Al(OH)6/+H2

 Xuddi shunaqa reaksiyalar Be, Pb, Sb,Ga bilan ham boradi.

Xossalari: Tarkibida bitta elektron belgan vodorod 2 atomli. H2 - protiy, D2-deyteriy, T2-tritiy, HD, HT, DT molekulalarini hosil riladi.  H2 =2H-435kj./mol.

Vodorod ham oksidlovchi, ham qaytaruvchilik xossalarini namoyon qiladi.

Odatdagi haroratda faqat ftor bilan reaksiyaga kirishadi:

   H2 + F2 = 2HF

Qizdirilganda xlor, brom, kislorod bilan reaksiyaga kirishadi.

Vodorodning qaytaruvchilik xossasidan ba’zi oddiy moddalarni ularning oksidlari va galidlaridan qaytarish uchun foydalaniladi:

SiO + H2 = Si + H2O

Oksidlovchi sifatida vodorod aktiv metallar bilan reaksiyaga kirishadi:

2Na + H2 = 2NaH   Vodorod kimyo sanoatida ammiak, metanol, xlorid kislota, yog’larni, suyuq yog’larni gidrogenlashda ishlatiladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan