Poloniyning kimyoviy xossalari


Poloniy (Polonium), Po — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 84, atom massasi 208,9824. Poloniy radioaktiv elementlar yemirilishida oraliq mah-sulot sifatida hosil boʻladi. Uning massa sonlari 194 dan 218 gacha boʻlgan 25 ta izotopi va yadro izomerlari maʼlum. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotopi 209Ro(T|/2=103 yil), sunʼiy yoʻl bilan olingan. Har bir tabiiy iztopining radioaktiv elementlar qatorida joylanishiga qarab maxsus nomi va belgisi bor, chunonchi: 2|(|Ro—RaF bilan, 2||Ro— AsS bilan, 2l2Po-ThC bilan, 2l4Po-RaC bilan, 215Ro—AsA bilan, 216Ro—ThA bilan va 2l8Po—RaA bilan belgilanadi. Poloniyning 210Ro izotopi (T1/2=138,4 kun) muhim amaliy ahamiyatga ega.

Poloniy (2|0Ro) ilk bor 1898 yilda Poloniy Sklo-dovskaya-Kyuri va Poloniy Kyuri tomonidan uran rudasida radioaktiv element sifatida kashf etilgan va Poloniy Sklo-dovskayaKyuri vatani — Polsha (lot. Polonia) sharafiga Poloniy deb atalgan. Poloniy — kumush kabi oq va yumshoq metall, fizik xossalari jihatidan vismut va qoʻrgʻoshinni eslatadi. Suyuqlanish temperaturasi 254°, qaynash temperaturasi 962°, zichligi 9,4 g/sm3, atom radiusi 1,7 A . Yer pustila massa jihatidan 2-10 15% ni tashkil qiladi.

Poloniy birikmalarda —2, +2, +4, +6 valentli. Uning oksidi, xloridlari, sulfati va kompleks birikmalari maʼlum.

Poloniy uran rudasini qayta ishlashda hosil boʻladigan murakkab moddalarning eritmalarini elektrkimyoviy usulda kaytarib olinadi. 1 t uran rudasida 0,1 mg chamasida Poloniy boʻladi. PoS ni vakuumda 273° da qizdirish yoʻli bilan ham olinadi. Poloniyning izotopi 2|0Ro o-zarralar manbai sifatida ishlatiladi. 2|0Ro ning berilliy bilan aralashmasi turli materiallarni analiz qilishda neytronlarning manbai boʻlib xizmat qiladi

Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan