Litiy (lito... va lot Lithium), Li — Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 3, atom massasi 6,941, ishqoriy metallarga mansub. Ikkita barqaror iztopi bor: 6Li (7,52%) va 7Li(92,48%). 1817 yilda shved kimyogari Litiy Arfvedson kashf qilgan. Litiy tabiatda keng tarqalgan. Yer poʻstining massa jihatdan 6,5-10~3% ni tashkil qiladi. 30 ga yaqin minerali maʼlum. Asosiy minerallari: spodumen LiAl[Si2O6], lepidolit K, 5A1, 5[SiAll0] (F2OH)2 va petalit (Li,Na)[Si4A10lo]. Litiy kumushdek oqmetall (havoda xiralashib, qoramtir parda bilan qrplanadi) yengil, yumshoq, choʻziluvchan, pichoq bilan kesiladi. Zichligi 533 kg/m³ , suyuqlanish temperaturasi 180,54°, qaynash temperaturasi 1340°. Brinell boʻyicha qattiqligi 7850Pa. Barcha birikmalarida Litiy bir valentli. Kislorod bilan bevosita reaksiyaga kirishganda yoki isitilganda (havorang alanga berib yonadi) litiy oksid hosil qiladi. Suv bilan birikkanda litiy ishqori LiOH hosil qilib vodorod ajratib chiqaradi. Mineral kislotalar bilan faol reaksiyaga kirishib, tuzlar beradi. Azot, vodorod, galogenlar, uglerod, kremniy, fosfor birikmalari va boshqa koʻpgina moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Metallorganik birikmalar hosil kila olish Litiyning muhim xususiyati. Shunga koʻra, organik sintezda koʻp qoʻllaniladi (q. Litiyorganik birikmalar). Litiy olish uchun tarkibida 0,25—30% litiy oksid boʻlgan ruda boyitiladi. Natijada hosil boʻlgan mineral (spodumen, lepidolit, petalit) konsentratlaridan Litiy ajratib olinadi. Sanoatda Litiy metali litiy xlorid va kaliy xlorid aralashmasini elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Hozirgi vaqtda Litiy metallotermik usul bilan ham olinmoqda. Metall Litiy quyma, donalar, sim, sterjen shaklida chiqarilib, vazelin yoki parafin qatlami ostida (germetik idishda) saqlanadi. Litiy yadro energiyasi ishlab chiqarishda, silikat sanoatida, kora va rangli metallurgiyada, kimyo, toʻqimachilik sanoatlarida va qishloq xoʻjaligida ishlatiladi.[1]
Lítiy (Li) — unsurlar davriy jadvalining 3 unsuri, metall.