Niobiy


Niobiy (Niobium), Nb — Mendeleyev davriy sistemasining .U guruhiga man-sub kimyoviy element. Tartib raqami 41, atom massasi 92,9064. Bitta tabiiy izotopi 93Nb bor. Niobiyning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 95Nb(Tl/2=35 kun) radioaktiv indikator sifatida ishlatiladi. Niobiyni ilk bor ingliz olimi Ch.Xatchet 1801 yilda kashf qilib, "Kolumbii" deb atagan; keyinchalik unga yunon af-sonasidagi qahramon bahodir Tantalning qizi maʼbuda Niobeya nomi berilgan, chunki Niobiyning xossalari tantalga oʻxshaydi. Metall holidagi sof Niobiy 1907 yilda olingan. Atom radiusi 0,145 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsiyey son keltirilgan) Nb2+ 0,085 nm (6), Nb3+0,086 nm (6), Nb4+ 0,082 nm (8), Nb5+ 0,062 nm (4), 0,078 nm (6), 0,083 nm (7), 0,088 nm (8). Oskidlanish darajasi +5, baʼzan +4, +3, +2 va +1.

Niobiy Yer poʻstining massa jihatidan 2-10^3% ini tashkil etadi. Minerallari siyrak uchraydi. Ular 2 guruhga boʻlinadi: biri —tantalniobatlar, yaʼni tantalat va niobat kislotalarning tuzlari, ikkinchisi — titan-tantalniobatlar, yaʼni tarkibida titan, tantal va Niobiy boʻlgan murakkab minerallar. Niobit (yoki kolumbit) nomli minerallar Fe(NbO,)2 birinchi guruhga mansub, uning tarkibida Gʻe(TaO3)2 oz miqdorda boʻladi. L o parit Me(NbO3) +Me(TiO3) (bu yerda Me— Na, Sa, Se, Sr boʻlishi mumkin) ik-kinchi guruhga kiradi. Tabiatda Niobiy tantal, titan, nodir-yer elementlari, uran, toriy va sirkoniy bilan birga uchraydi. Niobit va loparitdan tashqari, piroxlor nomli mineral ham amaliy ahamiyatga ega. Niobiyning yirik konlari Afrikada, Kanada va Norvegiyada, Kola ya.o.da bor.

Niobiy — kulrang metall, zichligi 8,57 g/sm³; suyuqlanish temperaturasi 2477°, qaynash temperaturasi 4760° atrofida. Niobiy korro-ziyaga chidamli, kimyoviy jihatdan juda barkaror element. Kislotalarda, hatto zar suvida ham erimaydi. Lekin suyuqlantirilgan ishqorlarda (havo kislo-rodi ishtirokida) eriydi; natijada niobatlar hosil boʻladi. Koʻpchilik me-tallar bilan qotishmalar beradi. Nitrat kislota bilan ftorid kislota aralash-masida erib, kompleks ftoridlar hosil qiladi. Yuqori temperaturada metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. 200° dan yuqorida havoda oksidlanib, Niobiy oksidlarini beradi. Niobiy monooksid, NbO kulrang yaltiroq kukun, suyuqlanish temperaturasi 1945°. Niobiy (U1)-oksid, NbO2 — qora rangli kristall, suyuqlanish temperaturasi 1917°, zichligi 5,98 g/sm³. Havoda qizdirilsa NbO5 ga aylanadi. Niobiy (V)-oksid, NbOs rangsiz kristall, suyuqlanish temperaturasi 1510°, zichligi 4,55 g/sm³. Niobiy poʻlatni mikrolegirlashda, korroziyaga chidamli, olovbardosh yuqori si-fatli poʻlat olishda qoʻllanadi.[1]

Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan