Kimyoda atom-molekular ta’limot


Atom-molekular ta’limotni kimyoga birinchi bo‘lib rus olimi
М. V. Lomonosov tatbiq etdi va uni rivojlantirdi. Bu ta’limotning
asosiy qoidalari „Matematik kimyo elementlari“ (1741) nomli va
boshqa ko‘pgina asarlarida bayon qilingan. Lomonosov ta’limotining
mohiyatini quyidagi qoidalar bilan bayon qilish mumkin:1. Barcha moddalar ,,korpuskulalardan“ (Lomonosov moleku-
lalarni shunday atagan edi) tarkib topgan.2. Molekulalar ,,elementlardan“ (Lomonosov atomlarni shun¬
day atagan edi) tarkib topgan.3. Zarrachalar — molekula va atomlar to‘xtovsiz harakatda
bo‘ladi. Jismlarning issiqlik miqdori ular zarrachalarining hara-
katlanish tezligi ortishiga bog‘liqdir.4. Oddiy moddalarning molekulalari bir xil atomlardan, mu-
rakkab moddalarning molekulalari — turli xil atomlardan tuzil-
gan.Lomonosovdan 67 yil keyin kimyoga atomistik ta’limotni ing-
liz olimi Jon Dalton tatbiq etdi. U atomistikaning asosiy qoi-
dalarini „Kimyoviy falsafaning yangi sistemasi“ (1808) kitobida
bayon qilib berdi. Dalton ta’limotining mag‘zi Lomonosov ta’li-
motini takrorlaydi. Shu bilan birga, u bu ta’limotni yanada rivojlan-
tiradi, chunki Dalton birinchi bo‘lib o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan
elementlarning atom massalarini aniqlashga harakat qildi. Lekin
Dalton oddiy moddalarning molekulalari mavjudligini inkor etdi,
bu esa Lomonosov ta’limotiga nisbatan bir qadam orqaga qaytish
edi. Dalton fikricha, oddiy moddalar faqat atomlardan, murakkab
moddalar esa „murakkab atomlardan11 (hozirgi tushunchada —
molekulalardan) tarkib topadi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki,
Daltonning oddiy moddalarda molekulalar bo‘lishini inkor etishi
kimyoning keyingi rivojlanishiga xalal berdi.Kimyoda atom-molekular ta’limot faqat XIX asrning
o‘rtalaridagina uzil-kesil qarortopdi. Kimyogarlarning 1860-yilda
Karlsrue shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro syezdida molekula va atom
tushunchalarining ta’rifi qabul qilindi.

Molekula — bu berilgan moddaning kimyoviy xossalariga ega
bo‘lgan eng kichik zarrachasidir. Molekulaning kimyoviy xossa¬
lari uning tarkibi va kimyoviy tuziiishi bilan aniqlanadi.

Atom — bu kimyoviy elementning oddiy va murakkab modda
lar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrachasidir. Elementning kimyo
viy xossalari uning atomining tuziiishi bilan aniqlanadi. Bun-
dan atomning hozirgi tasawurlarga to‘g‘ri keladigan ta’rifi kelib
chiqadi:

atom — bu musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy
zaryadlangan elektronlardan tarkib topgan elektroneytral zarrach-
adir.

Hozirgi tasawurlarga ko‘ra, molekulalar gaz va bug1 holatida
ham molekulalardan tarkib topgan boiadi. Kristall panjarasi mole-
kular tuzilishga ega bo'lgan moddalargina qattiq holatda molekula¬
lardan tarkib topgan bo‘ladi. Masalan, organik moddalar, metall-
maslar (ba’zi istisnolardan tashqari), uglerod (IV) oksid, suv.
Qattiq anorganik moddalarning ko‘pchiligi esa molekular tuzi¬
lishga ega emas: ularning panjarasi molekulalardan emas, balki
boshqa zarrachalardan (ionlardan, atomlardan) tuzilgan; ular
makrojismlar holida mavjud bo‘ladi (natriy xlorid kristallari, kvars
kristallari, mis bo'laklari va b.). Tuzlar, metallarning oksidlari,
olmos, kremniy va metallar ham molekular tuzilishga ega emas.Molekular tuzilishli moddalarda molekulalar orasidagi kimyo¬
viy bog‘lanish atomlar orasidagi bog'lanishdan bo'shroq bo‘ladi,
shu sababli ularning suyuqlanish va qaynash temperaturalari nis-
batan past boiadi. Nomolekular tuzilgan moddalarda zarrachalar
orasidagi kimyoviy bog‘lanish ancha puxta, shu sababli ularning
suyuqlanish va qaynash temperaturalari yuqori bo'iadi. Hozirgi
kimyo mikrozarrachalar (atomlar, molekulalar, ionlar va b.)
hamda makrojismlarning xossalarini o'rganadi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan