Atom-molekular ta’limot kimyoning asosiy tushuncha va qonunlarini tushuntirishga imkon berdi.Atom-molekular ta’limot nuqtayi nazaridan atomlarning bar qaysi alohida turi kimyoviy element deyiladi. Atomning eng muhim xarakteristikasi uning yadrosining musbat zaryadi bo ‘lib, u son jihatdan elementning tartib raqamiga teng. Yadro zaryadining qiymati atomlarning har xil turlari uchun bir-biri- dan farq qiluvchi belgisi hisoblanadi, bu esa „element11 tushun- chasiga ancha to‘liq ta’rif berishga imkon beradi.
Kimyoviy element — bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bo‘lgan atomlarning muayyan turidir.
109 ta element ma’lum. Davriy qonunning muallifi D. I. Men¬ deleyev sharafiga 101-kimyoviy element Mendeleyeviy Md deb atalgan. Hozirgi vaqtda tartib raqami yanada katta bo'lgan kimyo¬ viy elementlarni sun’iy ravishda olishga doir ishlar davom etti- rilmoqda.Barcha elementlar odatda metallar bilan metallmaslarga bo‘linadi. Lekin bunday bo'linish shartlidir. Elementlarning muhim ta’rifi ularning Yer po‘stlog‘ida, ya’ni Yerning yuqori qattiq qobig'ida tarqalganligidir,bu qobiq- ning qalinligi shartli ravishda 16 km ga teng deb qabul qilingan. Elementlarning Yer po'stlog'ida tarqalganligini geokimyo — Yer haqidagi fan o‘rganadi.Rus geokimyogari A. P. Vinogradov Yer po‘stlog‘ining o‘rtacha kimyoviy tarkibi jadvalini tuzdi*. Ana shu ma’lumotlarga ko'ra eng ko‘p tarqalgan element — kislorod Yer po'stlog'i massasining 47,2% ni tashkil etadi, so'ngra kremniy — 27,6, aluminiy — 8,80, temir — 5,10, kalsiy — 3,6, natriy — 2,64, kaliy — 2,6, magniy — 2, 10, vodorod — 0,15% turadi.Keltirilgan raqamlardan ko'rinib turibdiki, elementlar Yer po'stlog'ida juda notekis tarqalgan. Aytib o'tilgan 9 element Yer po'stlog'i massasining 99,79% ni, qolgan barcha elementlar — faqat 0,21% ni tashkil etadi. D. 1. Mendeleyev birinchi boiib aniqlaganidek, tabiatda „atom о g 1 i r 1 i g i (atom massasi) ki с h i к elementlar eng ko'p tarqalgan, organizmlarda esa juda у e n g i 1 elementlar (H, C, N, О) к о 1 p bo'iadi11. Koinotda ham eng yengil elementlar — vodorod bilan geliy juda ko‘p tarqalgan.