Kimyoviy elementlarning atomlari juda yuqori temperaturada erkin holda mavjud bo‘la oladi — bular yakka atomlar haqida yoki oddiy murakkab moddalar tarkibida bo'lishi mumkin.
Oddiy moddalar — bular bitta elementning atomlaridan hosil boigan moddalardir.
Masalan, oddiy modda ko'mir — uglerod elementining atomlaridan, oddiy modda temir — temir elementining atomlari¬ dan, oddiy modda azot — azot elementining atomlaridan hosil bo'lgan.
Murakkab moddalar, boshqacha aytganda, kimyoviy birik- malar — bular turli xil elementlarning atomlaridan hosil bo‘lgan moddalardir.
Masalan, mis (II) oksid mis elementi bilan kislorod elementining atomlaridan, suv vodorod bilan kislorod elementlari- ning atomlaridan hosil boigan.„Oddiy modda“ tushunchasini „kimyoviy element1' tushun- chasi bilan bir xil deb bo‘lmaydi. Oddiy moddaning muayyan zichligi, eruvchanligi, suyuqlanish hamda qaynash temperaturalari va boshqa xossalari bo‘ladi. Bu xossalar atomlar to‘plamiga taal- luqlidir va ular har xil oddiy moddalar uchun turlicha bo‘ladi. Kimyoviy element atom yadrosining muayyan musbat zaryadi (tartib raqami), oksidlanish darajasi, izotop tarkibi va boshqa xossalari bilan ajralib turadi. Elementlarning xossalari uning a 1 о h i d a atomlariga taalluqlidir. Murakkab moddalar oddiy moddalardan emas, balki elementlardan tarkib topgan. Masalan, suv oddiy moddalar bo‘lgan vodorod bilan kisloroddan emas, balki vodo¬ rod bilan kislorod elementlaridan tarkib topgan. Elementlarning nomi, odatda, ularga tegishli oddiy moddalarning nomiga mos keladi (bundan mustasnolari: uglerod va kislorodning oddiy mod- dalaridan biri — ozon, uglerod uchun olmos, grafit va b.).Ko‘pchilik kimyoviy elementlar tuziiishi va xossalari turlicha bo‘lgan bir necha oddiy moddalar hosil qiladi. Bu hodisa allot¬ ropiya, hosil bo'ladigan moddalar esa allotropik shakl ко ‘rinishlar deyiladi. Masalan, kislorod elementi ikkita allotropik ko‘rinish— kislorod bilan ozonni, uglerod elementi uchta — olmos, grafit va karbinni; fosfor elementi bir necha ko‘rinishlarni hosil qiladi.
Allotropiya hodisasining ikkita sababi bor: 1) molekuladagi atomlar sonining turlichaligi (masalan, kislorod 02 va ozon 03); 2) turli xil kristall shakllarning hosil bo‘lishi (masalan, olmos,