Hozirgi tekshirish usullari atomlarning nihoyatda kichik massasini katta aniqlik bilan topishga imkon beradi. Masalan, vo¬ dorod atomining massasi 1,674 • 10~27kg, kislorodniki —2,667 • -10~27kg, uglerodniki — 1,993-10-27 kg.Kimyoda odatga ko‘ra atom massalarining absolut emas, balki nisbiy qiymatlaridan foydalaniladi. 1961- yilda atom massasining birligi qilib uglerod izotopi l2C atomi massasining 1/12 qismiga teng bo‘lgan massaning atom birligi (qisqartirilgani m.a.b.) qabul qilingan.Ko‘pchilik kimyoviy elementlarda massasi turlicha boigan atomlar bo‘ladi. Shu sababli:
elementning tabiiy izotoplar tarkibidagi atomi o‘rtacha massasi¬ ning uglerod 12C atomi massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng kattalik kimyoviy elementning nisbiy atom massasi A,, deyiladi.
Elementlarning nisbiy atom massalari* Ar bilan belgilanadi, bunda indeks r — inglizcha relative ,,nisbiy“ so‘zining bosh har- fidir. Ar (H), Ar (О), Ar (C) yozuvlar vodorodning nisbiy atom massasi, kislorodning nisbiy atom massasi va uglerodning nisbiy atom massasini bildiradi.