Mol. Molyar massa


Xalqaro  birliklar  sistemasi  (SI)  da  modda  miqdorining birligi sifatida mol qabul qilingan.

Mol — bu moddalarning 0,012 kg uglerod izotopi l2C da nechta atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktura birliklar (molekula, atom, ion,  elektron  va  boshqalar)  boiadigan  miqdoridir.

Bitta  uglerod  atomining  massasini  (1,993 •  10_26kg)  bilgan holda  0,012  kg  ugleroddagi  atomlar  soni  NA  ni  hisoblab  topish mumkin:

0,012kg/mol  ,  A~  .„23              
N a  = —---------------------— =6,02-10  g/mol.
1,993-10  k

Bu son Avogadro  doimiysi deyiladi  (belgisi  NA,  o'lchovi g/mol) va  istalgan  moddaning bir molidagi struktura birliklari  sonini ko‘rsatadi.

Molyar  massa  —  modda  massasining  moddaning  miqdoriga nisbatiga  teng  kattalik.

Uning o‘lchovi kg/mol yoki g/mol; odatda u M harfi bilan
belgilanadi.Molekulaning massasini bilgan holda moddaning molyar
massasini oson hisoblab topish mumkin. Masalan, agar suv mole¬
kulasining massasi 2,99 • 10-26 kg ga teng bo‘lsa, u holda molyar
massasi Mr(H20)—2,99 • 10~26 kg • 6,02 • 1023 g/mol = 0,018 kg/mol,
ya’ni 18 g/mol. Umumiy holda moddaning g/mol da ifodalangan
molyar massasi shu moddaning nisbiy atom yoki nisbiy moleku¬
lar massasiga son jihatdan teng bo‘ladi. Masalan, C, Fe,02, H20
larning nisbiy atom va molekular massalari tegishlicha 12, 56, 32, 18
ga teng, ularning molyar massalari esa tegishlicha 12 g/mol, 56 g/mol,
32 g/mol, 18 g/mol bo‘ladi.Molekular massani molekular holatdagi moddalar uchun
ham, atomar holatdagi moddalar uchun ham hisoblab topish
mumkin. Masalan, vodorodning nisbiy molekular massasi
M. (H7) =2, vodorodning nisbiy atom massasi A.(H)=1. IkkalaГ гholda ham moddaning struktura birliklari soni (NA) bilan aniqlan-
gan miqdori bir xil — 1 mol. Lekin molekular vodorodning molyar
massasi 2 g/mol, atomar vodorodning molyar massasi esa 1 g/mol.
Bir mol atom, molekula yoki ionlardagi zarrachalar soni Avogadro
doimiysiga teng bo‘ladi, masalan:1 mol l2C atomlari= 6,02 • 1023 atom l2C1 mol H20 molekulalari^ 6,02 • 1023 molekula H201 mol S04 ionlari = 6,02 • 1023 S04 ionlariMassa bilan modda miqdori - liar xil tushun-
c h a 1 a r d i r. Massa kilogrammlarda (grammlarda), modda miq¬
dori esa mollarda ifodalanadi. Moddaning massasi (m, g), mod¬
daning miqdori (n, mol) va molyar massa (M, g/mol) orasida
oddiy nisbatlar bor:

m = n

M (LI)mn~~M (1.2)M=- (1.3)

 

Tenglamaning chap va o‘ng qismlaridagi temir, natriy, xlor,
kislorod hamda vodorod atomlarining sonini tenglashtirish uchun
NaCl bilan NaOH formulalar oldiga 3 koeffitsiyentni qo‘yish
lozim:

FeCl3 + 3NaOH -> Fe(OH)3 + 3NaCl

 

Olingan tenglamada har qaysi element atomlarining chap
qismdagi soni shu atomlarning o‘ng qismdagi soniga teng. Bu de-
gan so‘z, shu tenglama moddalar massasining saqlanish qonuni¬
ni (1.9-§ ga q.) qanoatlantiradi va to‘g‘ri yozilgan, demakdir*. Kimyo¬
viy reaksiyalarning tenglamalarida moddalarning formulalari oldi¬
ga qo‘yilgan koeffitsiyentlar stexiometrik koeffitsiyentlar deyiladi.Stexiometriya — kimyoning bo‘limi bo‘lib, unda reaksiyaga kiri-
shayotgan moddalar orasidagi massa va hajmiy nisbatlar ko‘rib
chiqiladi. Stexiometrik miqdor — bu moddalarning reaksiya
tenglamasiga yoki formulaga muvofiq keladigan miqdoridir. Stexio¬
metrik hisoblashlar — bular kimyoviy formula va tenglamaiar
bo‘yicha hisoblashlar, shuningdek, moddalarning formulalarini
va reaksiyalarning tenglamalarini keltirib chiqarishdir.Kimyoviy tenglamaning ikkala qismidagi koeffitsiyentlarni bir
xil ko‘paytirish yoki kamaytirish mumkin. Masalan, agar koef¬
fitsiyentlarni bir mol natriy gidroksidga asoslanib tenglashtiradi-
gan bo‘lsak, u holda tenglama quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:73FeCl3 + NaOH - '/3Fe(OH)3 + NaClBu holda ham tenglama to‘g‘ri bo‘ladi, chunki moddalar
massasining saqlanish qonuniga rioya qilingan bo‘ladi. Koeffitsiyent
1 odatda tushirib qoldiriladi, ya’ni yozilmaydi.Shunday qilib, kimyoviy tenglamada koeffitsiyentlar oddiy
mulohazalar asosida tanlanadi, bunda oldin reaksiya sxemasi yozib
qo'yiladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalari
uchun koeffitsiyentlar tanlashda boshqa usullardan (7.3-§ ga q.)foydalanish qulay.Sanoatda va qishloq xo‘jaligida, shuningdek, laboratoriya ama-
liyotida kimyoviy formula va tenglamaiar asosida turli xil miqdoriy
hisoblashlar bajariladi.

 

   

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan