Elementlarni kimyoviy belgilar (simvollar) bilan ifodalash qabul qilingan. Elementlarning simvoli element lotincha nomining bosh harfidan yoki bosh harfi bilan ikkinchi harfidan iborat bo‘ladi: birinchi harf doimo bosh harf, ikkinchisi kichik harf bo‘ladi. Masalan, vodorodning lotincha nomi Hydrogenium, belgisiH, kislorodniki — Oxygenium — O, aluminiyniki — Aluminium — AI, temirniki — Ferrum — Fe, ruxniki — Zincum —Zn va h.k.
Murakkab moddalarning tarkibi kimyoviy formulalar yorda- rnida ifodalanadi. Masalan, H2S04 formula bu sulfat kislota ekan- ligini bildiradi; uning 1 moli 2 mol vodorod atomlari, 1 mol oltingugurt atomlari va 4 mol kislorod atomlaridan hosil bo‘lgan.
Oddiy moddalarning molekulalari ham, agar molekula nechta atomdan tarkib topganligi ma’lum boMsa, formulalar bilan belgi¬ lanadi. Masalan, H2, 02, F2. Lekin, agar oddiy modda atomli yoki metall strukturaga ega bo'lsa yoki molekulaning atom tarkibi noma’lum bo£lsa, u holda elementning kimyoviy belgisi bilan tas- virlanadi. Masalan, He, Al, C. Moddaning tarkibini analiz qilish natijalariga qarab ham uning kimyoviy formulasini aniqlash mumk in.
Kimyoviy tenglamalar kimyoviy formulalar va belgilar yordamida yoziladi. Ular kimyoviy reaksiyalarni tasvirlash uchun xizmat qiladi va moddalar massasining saqlanish qonunini aks ettiradi. Har qaysi tenglamaning ikki qismi bo‘lib, ular orasiga tenglik alomati qo‘yiladi. Tenglamaning chap qismiga reaksiyaga kirishadigan moddalarning formulalari, o‘ng qismiga reaksiya natijasida hosil boladigan moddalarning formulalari yoziladi. Har qaysi element atomlarining soni tenglamaning chap va o‘ng qismlarida bir xil bo‘lishi kerak.
Masalan, temir (III) xlorid bilan natriy gidroksidning o‘zaro ta’sirlashish tenglamasini tuzamiz. Dastlab, shu reaksiyaning sxe masini, ya’ni reaksiyaning boshlang‘ich va oxirgi moddalarining for mtilalarini yozib, strelka bilan reaksiyaning yo'nalishini ko'rsatamiz
FeCl3+ NaOH ->Fe(OH)3 + NaCl
Tenglamaning chap va o‘ng qismlaridagi temir, natriy, xlor, kislorod hamda vodorod atomlarining sonini tenglashtirish uchun NaCl bilan NaOH formulalar oldiga 3 koeffitsiyentni qo‘yish lozim:
FeCl3 + 3NaOH -> Fe(OH)3 + 3NaCl
Olingan tenglamada har qaysi element atomlarining chap qismdagi soni shu atomlarning o‘ng qismdagi soniga teng. Bu de- gan so‘z, shu tenglama moddalar massasining saqlanish qonunini qanoatlantiradi va to‘g‘ri yozilgan, demakdir. Kimyo viy reaksiyalarning tenglamalarida moddalarning formulalari oldiga qo‘yilgan koeffitsiyentlar stexiometrik koeffitsiyentlar deyiladi. Stexiometriya — kimyoning bo‘limi bo‘lib, unda reaksiyaga kiri- shayotgan moddalar orasidagi massa va hajmiy nisbatlar ko‘rib chiqiladi. Stexiometrik miqdor — bu moddalarning reaksiya tenglamasiga yoki formulaga muvofiq keladigan miqdoridir. Stexiometrik hisoblashlar — bular kimyoviy formula va tenglamaiar bo‘yicha hisoblashlar, shuningdek, moddalarning formulalarini va reaksiyalarning tenglamalarini keltirib chiqarishdir.Kimyoviy tenglamaning ikkala qismidagi koeffitsiyentlarni bir xil ko‘paytirish yoki kamaytirish mumkin. Masalan, agar koef fitsiyentlarni bir mol natriy gidroksidga asoslanib tenglashtiradi- gan bo‘lsak, u holda tenglama quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
1/3FeCl3 + NaOH - 1/3Fe(OH)3 + NaCl
Bu holda ham tenglama to‘g‘ri bo‘ladi, chunki moddalar massasining saqlanish qonuniga rioya qilingan bo‘ladi. Koeffitsiyent 1 odatda tushirib qoldiriladi, ya’ni yozilmaydi.Shunday qilib, kimyoviy tenglamada koeffitsiyentlar oddiy mulohazalar asosida tanlanadi, bunda oldin reaksiya sxemasi yozib qo'yiladi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalari uchun koeffitsiyentlar tanlashda boshqa usullardan foydalanish qulay.Sanoatda va qishloq xo‘jaligida, shuningdek, laboratoriya ama- liyotida kimyoviy formula va tenglamaiar asosida turli xil miqdoriy hisoblashlar bajariladi.