Kimyoviy reaksiyalar. Reaksiyalarni klassifikatsiyalash


Moddalar bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlashib, turli xil o‘zga-
rishlarga uchraydi. Masalan, berilliy 500 °C dan yuqori tempe-
raturada havo kislorodi bilan o‘zaro ta’sirlashib, berilliy oksidga
aylanadi; ko‘mir yonib, karbonat angidrid hosil bo‘ladi va sh. o‘.

Bir xil moddalar tarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan
boshqa moddalarga aylanadigan va bunda molekulalarining tarkibi
o‘zgaradigan hodisalar kimyoviy hodisalar deyiladi.

Havoda oksidlanish, yonish, rudalardan metallarning olini-
shi, temirning zanglashi — bularning hammasi kimyoviy hodisalar-
dir. Bu hodisalarni boshqacha qilib aytganda, kimyoviy о‘zgarishlar,
kimyoviy reaksiyalar yoki kimyoviy о ‘zaro ta ’sirlar deyiladi.

Kimyoviy hodisalar bilan fizik hodisalarni bir-biridan farq
qilish lozim.

Fizik hodisalarda moddalarning shakli yoki fizik hoiati
o‘zgaradi yoki molekulalarining tarkibi o‘zgarishi hisobiga yangi
moddalar hosil bo‘ladi.

Masalan, gazsimon ammiak suyuq azot bilan o‘zaro ta’sir
cttirilganda ammiak dastlab suyuq, so‘ngra esa qattiq holatga o‘tadi.
Bu kimyoviy emas, balki fizik hodisadir, chunki moddaning tarkibi
o'zgarmaydi. Yangi moddalar hosil boMishiga olib keladigan ba’zi
hodisalar fizik hodisalar qatoriga kiradi. Masalan, bir xil ele
mentlarning atomlaridan boshqa xil elementlarning atomlari hosil
boMadigan yadro reaksiyalari  fizik hodisalardir. Bun-
day hodisalarni yadro flzikasi o‘rganadi.

Kimyoviy reaksiyalar kabi fizik hodisalar ham keng tarqal
gan: metall o‘tkazgichdan (simdan) elektr tokining o‘tishi, metal-larni bolg‘alash va suyuqlantirish, issiqlik chiqishi, suvning muzga
yoki bug‘ga aylanishi va h.k.Kimyoviy hodisalar vaqtida hamma vaqt fizik hodisa ham sodir
bo‘ladi. Masalan, magniy yonganda issiqlik va у о rug‘li к chiqadi, galva-
nik elementda kimyoviy reaksiyalar natijasida elektr toki vujudga keladi.

Atom-molekular ta’limot va massaning saqlanish qonuniga
 muvofiq kimyoviy reaksiyalarda qatnashgan moddalarning atomlaridan yangi moddalar (oddiy moddalar ham,
murakkab moddalar ham) hosil bo'ladi, bunda har qaysi ele
ment atomlarining umumiy soni doimo o'zgarmasdan qoladi.

Kimyoviy reaksiyalar turli alomatlariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi.

1. Issiqlik chiqishi yoki yutilishi alomatiga ko‘ra.

Issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalar ekzotermik reak
siyalar deyiladi. Masalan, vodorod bilan xlordan vodorod xlorid
hosil bo‘lish reaksiyasi:

                                                                    H2 + Cl, = 2HC1,            A H=-184,6 kJ

Atrof-muhitdan issiqlik yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik reaksiyalar deyiladi.

Masalan, azot bilan kisloroddan azot (II) oksid hosil bo‘lishireaksiyasi, u yuqori temperaturada sodir bo‘ladi:

                                                N2 + 02 = 2NO,    H= 180,8 kJ

Reaksiya natijasida chiqqan yoki yutilgan issiqlik miqdori jarayon
ning issiqlik effekti deyiladi.

Kimyoning turli jarayonlardagi issiqlik effektlarini о ‘rganadiganbo‘limi termokimyo deyiladi.

Reaksiyaning issiqlik effektlari ham yozilgan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi. Bunday tenglamalarda
formulalar oldidagi koeffitsiyentlar tegishli moddalarning mollar
sonini bildiradi va shu sababli kasr sonlar bo‘lishi ham mumkin.

Reaksiyaning issiqlik effekti temperatura bilan bosimga bog‘liq
bo‘lganligi sababli, uni standart sharoit uchun keltirishga shartla-
shib olingan: temperatura 25 °C (298 yoki aniqrog‘i 298,15 K) va
bosim p = 101 325 Pa = 101,3 kPa. Termokimyoviy tenglamalarda
moddalarning hoiati ham ko‘rsatiladi: kristall (k), suyuq (s), gazsi
mon (g), erigan (e) va b. Issiqlik effektini H (delta ash deb o‘qiladi)
bilan belgilash, kilojoullarda (kJ) ifodalash va moddaning reaksiya
tenglamasida ko‘rsatilgan mollar soniga nisbatan olish qabul qilingan. Endotermik jarayonlarda (issiqlik yutiladi, Д>0) issiqlik
effektlarining ishorasa musbat va ekzotermik jarayonlarda (issiqlik
chiqadi, A=>0) manfiy hisoblanadi.Reaksiya issiqlik effekti AH ning ma’nosini tushunib olamiz. Har.
qanday moddaning ma’lum entalpiyasi (issiqlik saqlami) bo'ladi. Ental-
piya (lotincha H harfi bilan belgilanadi) modda hosil bo'lishida to‘planadigan
energiyaning o‘lchovidir. Reaksiyaning o'zgarmas bosimdagi issiqlik
effekti  reaksiyaning oxirgi mahsulotlari entalpiyasi (Я ) bilan reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar etalpiyasining  ayir-
masidan iborat, ya’ni

                                                                     AH= H — Я .          

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan