Atom-molekular ta’limot asosida kimyoning asosiy qonunlarini: moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni va Avogadro qonunini ko‘rib chiqamiz. Bu qonunlar atom-molekular ta’limotni - yangi kimyoning asosini tasdiqlaydi. Atom-molekular ta’limot, o‘z navbati da, kimyoning asosiy qonunlarini tushuntirib berdi.
Moddalar massasining saqlanish qonunini dastlab 1748-yil- da M.V. Lomonosov ta’riflab bergan. Keyinchalik (1756-yilda) u bu qonunni tajribada asoslab berdi. Qonunning hozirgi ta’rifi qu- yidagicha:
kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo'lgan madigan moddalarning massasiga teng.
Yangi kimyo M.V. Lomonosov ishlaridan - moddalar massasining saqlanish qonunining kashf etilishi, rivojlantirilishi va kimyoda atom- molekular ta’limotning tatbiq etilishidan boshlangan, hozirgi kimyo esa Davriy qonun va D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistema- sining kashf etilishidan boshlangan.