Tarkibning doimiylik qonuni kimyoning asosiy qonunlari qatori-ga kiradi:
har qanday toza modda, olinish usulidan qat’i nazar, o‘zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega boiadi.
Masalan, uglerod (IV) oksid (karbonat angidrid) CO, ning tarkibini ко‘rib chiqamiz. U uglerod bilan kisloroddan tarkib top gan (sifat tarkibi). C02 da uglerodning miqdori 27,27%, kislorod- niki — 72,73% (miqdoriy tarkibi). Karbonat angidridni ko‘p usul lar: uglerod bilan kisloroddan; uglerod (II) oksid bilan kisloroddan sintez qilish, karbonatlarga kislotalar ta’sir ettirish va boshqa usul- lar bilan olish mumkin. Barcha hollarda toza uglerod (IV) oksid, olinish usulidan qat’i nazar, yuqorida keltirilgan tarkibga ega boladi.
Atom-molekular ta’limot tarkibning doimiylik qonunini tushuntirishga imkon beradi. Atomlarning massasi tarkibi ham umuman o‘zgarmas bo‘ladi.
Tarkibning doimiylik qonunini dastlab fransuz kimyogar olimi J.Prust 1808-yilda ta’riflab berdi. U „Yeming bir qutbidan boshqa qutbigacha boigan joydagi birikmalarning tarkibi bir xil va xossalari ham bir xil boiadi. Janubiy yarimshardagi temir oksid bilan Shimoliy yarimshardagi temir oksid orasida hech qanday farq yo'q. Sibirdagi malaxitning tarkibi Ispaniya- dagi malaxitning tarkibi bilan bir xil. Butun dunyoda faqat bir xil kino- var bor“, deb yozgan edi.
Qonun ning bu ta’rifi da yuqorida keltirilgan ta’rifidagi kabi olinish usulidan va qayerda bolishidan qat’i nazar, birikmaning tarkibi o‘zgarmas bolishi ta’kidlanadi.Kimyoning rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, o'zgarmas tarkibli birikmalar bilan bir qatorda, o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo‘lar ekan. N.S.Kurnakovning taklifiga ko‘ra o‘zgarmas tarkib li birikmalar da/tonidlar (ingliz kimyogari va fizigi Daltonning xotirasiga), o'zgaruvchan tarkibli lari — bertollidlar (shunday birik¬ malar borligini oldindan aytgan fransuz kimyogari Bertolle xotirasiga) deb ataladi.
0‘zgaruvchan tarkibli birikmalar borligi munosabati bilan tarkibning doimiylik qonunining hozirgi ta’rifiga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi.
Molekular strukturali, ya’ni molekulalardan tuzilgan birik malarning tarkibi, olinish usulidan qat’i nazar о‘zgarmas boiadi, nomolekular strukturali (atomli, ionli va metall panjarali) birikmalarning tarkibi esa о ‘zgaruvchandir va olinish sharoitlariga bog'liq boladi.
Masalan, vanadiy (II) oksidning tarkibi temperaturaga va sintezda ishlatiladigan kislorodning bosimiga bogliq boiadi. Ele- mentlaming izotop tarkibini ham hisobga olish kerak: masalan, odatdagi suvda 11,19%, og‘ir suvda esa - 20% vodorod boiadi.