D.l. Mendeleyevning davriy qonunni kashf etishi va elementlar davriy sistemasini tuzishi uning uzoq va sermashaqqat ilmiy ish lalining natijasi edi. Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi kimyo fanining juda katta yutug‘i, hozirgi kimyoning asosidir.
Ma’lum bo‘lishicha, elementlar birikmalarining shakli ham davriy takrorlanar ekan. Masalan, litiy oksid Li,0 shaklida bo‘ladi. Litiyning xossalarini takrorlovchi elementlarning: natriy, kaliy, inbidiy, seziy oksidlarining shakli ham xuddi shunday — Na20 K2O, Rb20, Cs20. Bularning hammasi D.I.Mendeleyevga o‘zi kashf etgan qonunni „Davriylik qonuni" deb atashga va quyidagiga imkon berdi: „Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek , elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar, atom og‘irliklarining qiymatiga davriy bog‘liqdir (yoki algebraik ilodalansa, davriy funksiya hosil qiladi). Ana shu qonunga muvofiq iavishda Elementlarning davriy sistemasi tuzilgan“, u davriy qonuni obyektiv aks ettiradi. Atom massalarining ortib borishi tartibida joylashtirilgan elementlarning barcha qatorini D.I.Mendeleyev davrlarga bo‘ldi. Har qaysi davrning ichida elementlarning xossalari qonuniyat bilan o‘zgaradi (masalan, ishqoriy metalldan galogenga qadar). Davrlarni o‘xshash elementlar ajralib turadigan qilib joylashtirib D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning davriy sistemasini yaratdi. Bunda qator elementlarning atom massalari tuzatildi, hali kashf etilmagan 29 element uchun bo‘sh katakchalar qoldirdi.
Elementlarning davriy sistemasi davriy qonunning grafik (jadva tarzidagi) tasviridir.
Qonunning kashf etilishi va davriy sistema birinchi variantining yarati lish vaqti — 1-mart 1869-yil. D.I.Mendeleyev hayotining oxiriga qadar elementlar davriy sistemasini takomillashtirish ustida ishladi.