Hozirgi vaqtda davriy sistemani tasvirlashning 500 dan ortiq variantlari bor: bular davriy qonunning turli shakldagi ifodasidir.
D.l.Mendeleyev 1-mart 1869-yilda taklif etgan elementlar sistemasining birinchi varianti uzun shakldagi variant deyilar edi. Bu variantda davrlar bitta qatorga joylashtirilgan edi. 1870-yil dekabrda u davriy sistemaning ikkinchi — qisqa shakldagi variantini bosib chiqardi. Bu variantda davrlar qatorlarga, gruppalar esa gruppacha larga (bosh va yonaki) bo‘lingan edi.
Davriy sistemaning ixcham bolgan qisqa shakldagi variantlari ko‘p tarqalgan. Lekin uning muhim kamchiligi — o‘xshash bo‘lmagan elementlarning bitta gruppaga birlashtirilganligi, ya’ni bosh va yonaki gruppachalardagi elementlar xossalarining bir- biridan katta farq qilishidir. Bu elementlar xossalarining davriy ligini ma’lum darajada ,,xiralashtiradi“ va sistemadan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Lantanoidlar jadvalning pastki qismiga alohida joylashtirilgan, ularning sistemada joylashish ketma-ketligi katakchada yulduzcha bilan ko‘rsatilgan: La — Lu. Lantanoidlarning kimyoviy xossalari bir-biriga juda o‘xshaydi. Masalan, ularning hammasi reaksiyaga kirishuvchan metallar hisoblanadi, suv bilan reaksiyaga kirishib gidroksid hamda vodorod hosil qiladi. Bundan lantanoidlarda gorizontal o‘xshashlik kuchli ifodalangan, degan xulosa kelib chiqadi.
7-davrda tartib raqamlari 90—103 bolgan 14 element aktinoidlar oilasini hosil qiladi. Ular ham alohida — lantanoidlar ostiga joylashtirilgan, tegishli katakchada esa ularning sistemada joyla shish ketma-ketligi ikkita yulduzcha bilan ko‘rsatilgan: Ac — Lr Lekin lantanoidlardan farq qilib, aktinoidlarda gorizontal analo giya bo'sh ifodalangan. Ular birikmalarida ko‘pincha turli xil oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Masalan, aktiniyning oksid lanish darajasi +3, uranniki +3, +4, +5 va +6. Aktinoidlarning yadrolari beqaror bolganligi sababli ularning kimyoviy xossala rini o‘rganish juda murakkab ishdir.
Davriy sistemada vertikal bo‘yicha sakkizta gruppa joylashgan (rim raqamlari bilan belgilangan). Gruppaning tartib raqami elementlarning birikmalarida namoyon qiladigan oksidlanish dara jalari bilan bog'liq. Odatda, eng yuqori musbat oksidlanish dara jasi gruppa raqamiga teng. Ftor bundan mustasno — uning oksidlanish darajasi — 1 ga teng; mis, kumush, oltin +1, +2 va +3 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi; VIII gruppa elementlaridan faqat osmiy, ruteniy va ksenon +8 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
D.l.Mendeleyev elementlar davriy sistemasining uzun shaklida ham 7 davr va 18 gruppa bor. Gruppalar A yoki В harfli rim raqamlari bilan raqamlanadi. Lantanoidlar ham, aktinoidlar ham oilalar deyiladi va hech qaysi gruppaga kiritilmaydi.