Atomlar tuzilishining yadro modeli


XIX asrning oxiriga qadar atomlar bo‘linmas deb hisoblanar 
edi. So‘ngra tajriba ma’lumotlari to'plana borgan sari bunday flkrdan 
voz kechishga va atomlar murakkab tuzilganligini tan olishga to‘g‘r i
keldi. Yangicha nazarni D.L Mendeleyevning davriy qonuni tasdiqlar
 edi. 1871-yildayoq D.I.Mendeleyev shunday deb yozgan edi: „Hozir 
oddiy jismlarning atomlari aslida yana kichikroq zarrachalarning
 qo'shilishidan hosil bo‘lgan murakkab moddalar ekanligini isbotlash
ga imkoniyat yo'qligini taxmin qilish mumkin... Men tuzgan davriy 
bog'liqlik bunday taxminni tasdiqlasa kerak".

D.I.Mendeleyevning davriy qonuni, tajriba tadqiqotlari va, 
ayniqsa, radioaktivlik hodisalari asosida atom va molekulalarning
 tuzilishi haqidagi ta’limot tez rivojlandi.

Atomlarning tuzilishini o‘rganish uchun ingliz olimi E.Rei
zerford zarrachalarning kuchli singuvchanlik xususiyatidan foydalandi. U qalinligi taxminan 10 000 atom keladigan yupqa metall
plastinkadan a-zarrachalarning (geliy yadrolarining) o‘tishini kuzatdi. Rux sulfid ZnS qatlami bilan qoplangan ekranga a-zarracha
lar urilganda chaqnash sodir boladi, bu esa zarrachalar sonini
 sanashga imkon beradi. Ma’lum bolishicha, a-zarrachalarning kamroq qismi metall plastinkadan o'tganida o‘z yo'lidan turli burchakka 
og‘adi, ayrim zarrachalar esa uchish yo‘nalishini keskin o‘zgartiradi.
Bu hodisa a-zarrachalarning sochilishi deb ataladi.

Reziford 1911 -yilda atom tuzilishining yadro modelini taklif
ijdili. (a zarrachalarning sochilishini tushuntirib berdi. Bu modelga
 muofiq atom musbat zaryadlangan, o‘lchamlari juda kichik og‘ir
idrodan iborat. Yadroda atomning deyarli barcha massasi
 to'plangan. Yadro atrofida undan anchagina masofada elektronlar
 aylanib, atomning elektron qobig‘ini hosil qiladi.

Shunday qilib, har qaysi atom yadrosining musbat zaryadlari
mu, shuningdek, yadro maydonida aylanadigan elektronlar soni
 elementlarning  tartib raqamiga teng.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan