Endi alohida olingan elektron pog‘onaning (qavatning) tuzi lishini ko‘rib chiqamiz. Bosh kvant sonining n=2 qiymatidan bosh lab energetik pog‘onalar (qavatlar) yadro bilan bog‘lanish ener giyasi jihatidan bir-biridan farq qiladigan pog‘onachalarga (qavatchalarga) bo‘linadi. Pog‘onachalar soni bosh kvant sonining qiymatiga teng, lekin to'rttadan oshmaydi: 1-pog‘onada bitta pog‘onacha, 2-pog‘onada — ikkita, 3-pog‘onada — uchta, 4-pog‘onada — to‘rtta pog‘onacha boladi. Pog‘onachalar, o‘z navbatida, orbitallardan tarkib topadi. Pog‘onachalarni lotin harflari bilan belgilash qabul qilingan:
s— har qaysi energetik pog'onaning yadroga eng yaqin birinchi pog‘onachasi; u bitta s- orbitaldan tarkib topgan, p- ikkinchi pog‘onacha, uchta p- orbitaldan tarkib topgan; d- uchinchi pog‘onacha, u beshta d- orbitaldan tarkib topadi; f—to‘rtinchi pog‘onacha bo‘lib, unda yettita f- orbital bo‘ladi. Shunday qilib, uning har qaysi qiymati uchun n2 orbitallar bo‘ladi.
Har qaysi orbitalda ko‘pi bilan ikkita elektron bo‘lishi mumkin (Pauli prinsipi). Agar orbitalda bitta elektron bo‘lsa, u juftlashma gan elektron, agar ikkita bolsa — juftlashgan elektron deyiladi. Pauli prinsipi N=2n2 formulani tushuntirib beradi. Haqiqatan ham, agar masalan, uchinchi pog‘onada (n=3) 32=9 orbital, har qaysi orbitalda esa 2 tadan elektron boisa, u holda elektronlarning maksimal soni 2-32=18 bo‘ladi.
Nazariy ma'lumotlarga muvofiq 5-orbital sferik simmetriyali, ya’ni shar shaklida boladi. Bunga vodorod atomining orbitali, n= 1 misol bo‘la oladi . Bunday orbital 5-orbital deyiladi. s-orbitaldagi elektron 5-elektron deyiladi.
2-energetik pog'onada (N=2) to'rtta orbital bo‘ladi, ulardanbittasi sferik simmetriyaga ega. U 25- orbital deyiladi. Ravshanki,25- elektronning energiyasi ancha ko‘p, shu sababli yadrodan 15-elektronga qaraganda uzoqroq masofada bo‘ladi. Umuman, n ning har qaysi qiymati uchun bitta sferik simmetrik orbital boladi.