Energetik pog'onalar (elektron qavatlar) va pog‘onachalarning (qavatchalarning) elektronlar bilan to‘lish tartibi D.l.Men deleyevning elementlar davriy sistemasini nazariy jihatdan asos lab beradi. 1- va 2- davrlardagi elementlarning elektron formulalarini ko‘zdan kechirib, shunday xulosaga kelish mumkin: davr atomining tashqi pog‘onasida bitta 5- elektron bo‘ladigan element bilan boshlanadi: 1- davrda bu vodorod, qolgan davrlarda ishqoriy metallar. Davr nodir gaz bilan tugallanadi: birinchisi — i geliy bilan , qolgan davrlar — atomlarining tashqi pog‘onasining elektron konfiguratsiyasi bolgan elementlar bilan tugallanadi.
Shunday qilib, 1-davrda ikkita element bor: vodorod (Z= 1) bilan geliy (Z= 2). 2- davr litiy (Z= 3) elementi bilan boshlanadi va neon (Z=10) bilan tugaydi. Ikkinchi davrda sakkizta element bor. 3- davr natriy (Z=11) bilan boshlanadi, uning elektron konfiguratsiyasi 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 Uchinchi energetik pog‘onaning to‘lishi natriyda boshlangan. Bu jarayon inert gaz — argonda (Z=18) tugal lanadi, uning 3s- va 3p- pog‘onachalari batamom to‘lgan. Natriy — litiyning, argon — neonning analogi. 2- davrdagi kabi 3- davrda ham sakkizta element bor.
4-davr kaliy (Z=19) bilan boshlanadi, uning elektron tuziiishi 1s22s22p63s23p64s1 formula bilan ifodalanadi. Kaliyning 19- elektroni 4s- pog‘onachani egallagan, uning energiyasi 3d- pog‘onachaning energiyasidan kam boladi. Tashqi 4s- elektron elementga natriyning xossalariga o‘xshash xossalar baxsh etadi.
1. s- elementlar; tashqi pog'onaning s- pog'onachasi elektronlar bilan to‘ladi. Bularga har qaysi davrning dastlabki ikki elementi kiradi.
2. p- elementlar; tashqi pog'onaning p- pog‘onachasi elektronlar bilan to‘ladi. Bular har qaysi davrdagi oxirgi 6 elementdir.
3. d- elementlar; tashqaridan ikkinchi pog‘onaning d-pog‘onachasi elektronlar bilan to‘ladi, tashqi pog‘onada esa bitta yoki ikkita elektron qoladi. Ularga katta davrlarning s- va p- elementlari orasida joylashgan dekadalaridagi elementlar kiradi.
4. f- elementlar; tashqaridan uchinchi pog'onaning f- pog‘onachasi elektronlar bilan to‘ladi, tashqi pog‘onada esa ikkita elektron qoladi.
Davriy sistemada s-elementlar soni 14 ta, p- elementlar 30 ta, d- elementlar 35 ta, f- elementlar 28 ta. Bir turdagi ele mentlarning ko‘pgina umumiy kimyoviy xossalari boladi.
Shunday qilib, D.l.Mendeleyevning davriy sistemasi kimyoviy elementlar atomlarining elektron strukturasiga asoslangan tabiiy klassifikatsiyasidir. Element davriy sistemaning tegishli davrida va gruppachasida joylashganligiga qarab atomning elektron strukturasi, demak, elementning xossalari haqida fikr yuritiladi. Davrlarda elementlar sonining turlichaligi elektron pog‘onalarning tolib borish qonuniyati bilan tushuntiriladi.