Atomlarning tuziiishi haqidagi ta’limot davriy qonunning chu qur fizik ma’nosini ochib berdi.
Yadroning zaryadi atomning elektron qobigldagi elektronlar soni ni, atomning tuzilishini va shu bilan elementning barcha xossalarini hamda uning davriy sistemada joylashgan o‘rnini aniqlab beradi. Shu munosabat bilan qonunning ta’rifi ham qisman o'zgardi.
D.I.Mendeleyev davriy qonunining hozirgi zamon ta’rifi qu yidagicha:
kimyoviy elementlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakli va xossalari ular atomlari yadrosining zar- yadiga davriy ravishda bog'liqdir.
Qonunning bunday ta’rifi D.I.Mendeleyev bergan ta’rifga liech zid kelmaydi, u faqat yangi ma’lumotlarga asoslanadi, bu ma’lumotlar qonun va sistemani ilmiy jihatdan asoslaydi va ularning i o‘g‘riligini tasdiqlaydi. D.l.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi davriy qonunni va shu bilan elementlar atomlarining tluzilishini ham aks ettiradi.
Atomlarning tuzilish nazariyasi elementlar xossalarining davriy o‘zgarishini tushuntirib beradi. Atom yadrolari musbat zaryad larining 1 dan 107 gacha ortib borishi tashqi energetik pog‘ona tuzilishining takrorlanishiga sabab boladi. Elementlarning xossalari tashqi pog‘onadagi elektronlar soniga bog'liq bolganligi uchun bu ko‘rsatkich ham davriy ravishda takrorlanadi. Davriy qonunning fizik ma’nosi ana shundan iboratdir.
Gruppalarning gruppachalarga bo‘linishini ham oson tushuntirish mumkin, bunday bo'linish energetik pog‘onalarning elek tronlar bilan to'lishidagi farqqa asoslangan. Bosh gruppachalar elementlarida tashqi pog‘onalarning s- pog'onachalari (bular s- elementlar) yoki p - pog‘onachalari (bular p- elementlar) toladi. Yonaki gruppachalarning elementlarida tashqaridan ikkinchi pog'onaning d- pog‘onachasi to‘ladi. Lanta noid va aktinoidlarda tegishlicha 4- va 5- pog‘onachalar to‘ladi . Shunday qilib, har qaysi gruppachaga atomlarining tashqi elektron pog‘onalarining tuzilishi o‘xshash bo‘lgan elementlar birlashgan. Bunda bosh gruppachalardagi elementlar atomlarining tashqi pog‘onalaridagi elektronlar soni gruppa raqamiga teng bo‘ladi. Yonaki gruppachalarga esa atomlarining tashqi pog‘onasida ikkita yoki bittadan elektron bo'ladigan elementlar kiradi.
Bitta gruppaning turli gruppachalaridagi elementlar atomlari ning tuzilishidagi farq xossalaridagi tafovutni keitirib chiqaradi. Masalan, galogenlar gruppachasidagi elementlar atomlarining tashqi pog‘onasida yettitadan elektron, marganes gruppachasidagilarda — ikkitadan elektron bo'ladi. Galogenlar tipik metallmaslar, marganes gruppachasidagilar metallardir.
Lekin bu gruppachalar elementlarining umumiy xossalari ham bor: ularning hammasi (ftor F dan tashqari) kimyoviy reaksiyaga kirishganida kimyoviy bog'lanish hosil qilishga 7 tadan elektronini berishi mumkin. Bunda marganes gruppachasidagi atomlar tashqi pog‘onasidan 2 elektron, tashqaridan oldingi pog‘onasidan 5 elektron beradi. Shunday qilib, yonaki gruppachalarning elementlarida faqat tashqi pog'onaning emas, balki tashqaridan oldingi pog'onaning elektronlari ham valent elektronlar hisoblanadi, bosh va yonaki gruppachalarning elementlari xossalaridagi asosiy farq ana shundan iborat.
Bundan gruppaning raqami odatda kimyoviy bog‘lanish hosil bolishida ishtirok eta oladigan elektronlar sonini ko‘rsatadi, de gan xulosa kelib chiqadi. Gruppa nomerining fizikaviy ma’nosi ana shundadir.
Shunday qilib, atomlarning tuzilishi ikkita qonuniyatni kel tirib chiqaradi: 1) elementlar xossalarining gorizontal bo‘уlab o‘zgarishi — davrda chapdan o‘ngga borgan sari metalik xossalari kuchayadi; 2) elementlar xossalarining vertikal bo'уlab o‘zgarishi — gruppacha tartib raqami kattalashishi bilan metallik xossalari kuchayadi va metallmaslik xossalar sustiyadi. Bunday holda element (va sistemaning katakchasi) gorizontal bilan vertikalning kesishgan joyida bo‘ladi va ana shu uning xossalarini belgilaydi. Bu hol izotoplari sun'iy yo‘l bilan olinadigan elementlarni topish va xossalarini bayon qilishga yordam beradi. Agar 8-davr elementlarining izotoplari olinsa, ularning eng muhim kimyoviy xossalari davriy sistemada joylashgan o‘rniga qarab aniqlanadi. Elementning sistemada joylashgan o‘rni davr va gruppalarning raqami bilan aniqlanadi, „elementlarning o‘rni“ tushunchasini birinchi bo‘lib D.I.Mendeleyev kiritgan.
Elementlar yadrolarining zaryadini tajribada aniqlash vodorod bilan uran orasidagi elementlarning sonini, shuningdek, lantanoidlarning sonini aniqlashga imkon berdi. Hozirgi vaqtda davriy sistemadagi joylarning hammasi to'lgan va Z=1 bilan Z=109 oralig'ida yangi elementlar Yerda ham, koinotda ham kashf etili shi mumkin emas.
Haqiqatan ham, Yerga olib tushilgan Oy tuprog'i kimyoviy analiz qilinganda faqat davriy sistemada bor elementlargina topildi. Lekin davriy sistema tugallangan emas. Yangi transuran elementlar kashf etilishi mumkin.