Oksidlanish darajasi kimyoning asosiy tushunchalari qatoriga kiradi. U atomning birikmadagi holatini tavsiflash uchun kiritilgan.
Bu tushunchani ta’riflashda birikmada bog'lovchi (valent) elektronlar elektrmanfiyroq atomlarga o‘tadi, shu sababli birikma faqat musbat va manfiy zaryadlangan ionlardan tarkib topadi, deb shartli ravishda taxmin qilingan. Haqiqatda esa ko'pchilik hollarda elektronlar batamom berilmaydi, balki elektronlar jufti yoki aniqrog'i, bog'lovchi elektron bulut bir atomdan ikkinchi atomga tomon siljiydi, xolos.
Oksidlanish darajasi — bu birikmadagi atomning birikma faqat ionlardan tarkib topgan, degan taxmin asosida hisoblab topilgan shartli zaryadidir.
Bu tushunchani boshqacha ta’riflash ham mumkin: oksid lanish darajasi — bu atomning birikmadagi boshqa atomlar bilan bog'lanishida ishtirok etgan elektronlar jufti elektrmanfiyroq atomlarga о ‘tgandagi, bu xil atomlarga tegishli elektron juftlar esa ular orasida bo‘linganda atomda paydo bo ‘ladigan elektr zaryadidir.
Birikmalarning ko‘pchiligida vodorod atomlarining oksidlanish darajasi +1 boladi, faqat metallarning gidridlarida, masalan, NaH, CaH2 da u -1 ga teng. Kislorodning oksidlanish darajasi ko'pchilik birikmalarda —2 boladi, lekin masalan, ftor bilan birikmasi F20 da +2, peroksidlarda esa —1.
Bu malumotlardan foydalanib, murakkab birikmalardagi atomlarning oksidlanish darajasini hisoblab topish mumkin; bunda birikmadagi atomlar oksidlanish darajalarining algebraik yig‘indisi doimo nolga, murakkab ionda esa ionning zaryadiga tengligini e’tiborga olish lozim.
Bog'lanish hosil qilishda atomning barcha valent elektronlari ishtirok etganida atom yuqori musbat oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Son jihatdan u davriy sistema gruppasining tartib raqamiga teng va elementning birikmalaridagi muhim miqdoriy xarakteristikasi hisoblanadi. Elementning birikmalarida uchraydigan eng kichik oksidlanish daraja qiymati quyi oksidlanish darajasi deyiladi. Elementning qolgan barcha oksidlalnish darajalari o‘rtacha yoki oraliq oksidlanish darajalari deyiladi. Masalan, oltingugurt atomida (elementida) eng yuqori oksidlanish darajasi +6 ga teng, quyisi —2, oraliq oksidlanish darajasi +4.
Elementlar oksidlanish darajalarining davriy sistemaning gruppalari bo‘yicha o‘zgarishi tartib raqami ortishi bilan elementlar kimyoviy xossalarining davriy o‘zgarishini aks ettiradi.