Kimyoviy bog'lanish hamda valentlik


Atomning (elementning) valentligi ham kimyoning asosiy
tushunchalari qatoriga kiradi. U elementlar atomlarining kimyoviy
bogianishlar hosil qilish xususiyatlarini aks ettiradi. Ilgari bu
 kattalik ayni elementning bitta atomi birikadigan bir valentli
 elementning atomlar soni sifatida aniqlanar edi. Masalan, xlorid
kislota HC1 da xlor bir valentli, suv H20 da kislorod ikki valentli,
ammiak NH3 da azot uch valentli, metan CH4 da uglerod to‘rt
valentli, PCL5 da fosfor besh valentli, SF6 da oltingugurt olti valentli,
ReF7 da reniy yetti valentli, Xe04 da ksenon sakkiz valentli.

Valent elektronlarga, avvalo tashqi tugallanmagan pog'ona
lardagi elektronlar kiradi. Lekin tashqaridagi ikkinchi pog'onaning 
(masalan, d- elementlar elektronlari), shuningdek, tashqaridan 
uchinchi pog'onaning (masalan, f- elementlarida) elementlari
ham valent elektronlar bolishi mumkin.

Kimyoviy bog'lanish haqidagi ta’limot rivojlanishi bilan 
valentlik haqidagi tushunchalarning o‘zi ham o'zgaradi. Hozirgi 
vaqtda valentlik berilgan atom boshqa atomlar bilan birikkan
 kimyoviy bog'lanishlar soni sifatida aniqlanadi.

Atom hosil qila oladigan bog'lanishlar soni uning juftlashmagan 
elektronlari soniga teng. Eng oddiy hollarda element atomining 
valentligi ham unda umumiy elektronlar jufti hosil qilishga ketadigan 
juftlashmagan elektronlar soni bilan aniqlanadi. Bunda hosil bolgan
 bog'lanishlarning qutbliligi e’tiborga olinmaydi, shu sababli
 valentlikning ishorasi bo'lmaydi. Shuni ta’kidlab
 o'tish kerakki, bog'lanishlar soni sifatida aniqlanadigan valentlik,
manfiy bolishi ham, nolga teng bolishi ham mumkin emas.

Valentlik kovalent kimyoviy bog'lanishlar, shu jumladan do
nor-akseptorli mexanizm bo'yicha vujudga kelgan bog'lanishlar soni
 bilan o'lchanadi. Kovalent bog'lanish bo'lmaydigan birikmalarda 
atomlarning valentligi haqida gap yuritib bo'lmaydi, bunda
 oksidlanish darajasi haqida gapirish kerak. Anorganik kimyoda
 ko'pchilik hollarda atomning valentligi muayyanligini yo'qotadi: uning 
son qiymati birikmaning kimyoviy tuzilishini bilishga bog'liq bo'ladi.

Ko‘pchilik anorganik birikmalarning formulalariga qarab
 elementlarning valentligi haqida emas, balki ularning oksidlanish
 darajasi haqidagina fikr yuritish mumkin.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan