Kimyoviy reaksiyalarning tezligi


Kimyoviy reaksiyalarning mohiyati boshlang'ich moddalardagi 
bog'lanishlarning uzilishi va reaksiya mahsulotlarida yangi
 bog'lanishlarning paydo bo'lishidan iborat. Bunda har qaysi ele
ment atomlarining reaksiyadan oldingi va reaksiyadan keyingi
 umumiy soni o'zgarmasdan qoladi. Bog'lanishlar hosil bolishida
 energiya chiqishi bog'lanishlar uzilganda esa — yutilishi sababli
 kimyoviy reaksiyalarda energetik effekt boladi. Ravshanki, agar
 boshlang'ich moddalardagi uziladigan bog'lanishlar puxtaligi reaksiya mahsulotlaridagi bog'lanishlar puxtaligidan kam bo'lsa
energiya chiqadi, aks holda esa energiya yutiladi. Odatda energiya 
issiqlik ko'rinishida chiqadi va yutiladi.

Moddalarning o'zgarishlari haqidagi tasavvurlar, shuningdek, 
ularni sanoat miqyosida olishning iqtisodiy samaradorligi kimyoviy
 reaksiyalarning tezligi bilan bog'liq. Kimyoviy reaksiyalarning
 tezliklari va mexanizmlari haqidagi ta’limot kimyoviy kinetika
 deyiladi.

Kimyoviy reaksiyaning tezligi deganda sistemaning hajmi
 o‘zgarmaganda reaksiyaga kirishayotgan moddalardan birining 
konsentratsiyasining vaqt birligi ichida o‘zgarishi tushuniladi.

Bunda reaksiyada ishtirok etayotgan moddalardan qaysi biri
 haqida gap borayotganligining ahamiyati yo'q: ularning hammasi
 bir-biri bilan reaksiya tenglamasi orqali bog'langan va moddalardan 
birining konsentratsiyasining o'zgarishiga qarab qolgan barcha
 moddalar konsentrasiyalarining tegishlicha o'zgarishi haqida fikr
 yuritish mumkin. Odatda konsentratsiya mol/l da, vaqt esa —
sekund yoki minutlarda ifodalanadi. Agar masalan, reaksiyaga 
kirishayotgan moddalardan birining boshlang'ich konsentratsiyasi1 mol/l bolib, reaksiya boshlangandan 4 sekund o'tgandan keyin
u 0,6 mol/l bolib qolsa, reaksiyaning o'rtacha tezligi (1—0,6) 4=
0,1 mol/(l • s) boiadi.

Umumiy holda quyidagi tenglama bo'yicha boradigan 
reaksiyaning tezligini ko'rib chiqamiz:

                                                                                              A+B=C+D 

A modda sarflangan sari reaksiyaning tezligi kamayadi. Bundan reaksiyaning tezligi faqat muayyan
 vaqt oralig'i uchun aniqlanishi mumkin, degan xulosa kelib
 chiqadi. A moddaning konsentratsiyasi t vaqtda С kattalik, t vaqtda esa С, kattalik bilan o'lchangani sababli, At=t2-t1 vaqt
oralig‘ida modda konsentratsiyasining o'zgarishi AC=C2-C1 bo'ladi,
bundan reaksiyaning o'rtacha tezligi (v) aniqlanadi:

                                                                                                    v=C/t

Bu yerda A moddaning konsentratsiyasi kamayishiga va
 binobarin, С2— C1 ayirmaning qiymati manfiy bo'lishiga qaramay,
reaksiyaning tezligi faqat musbat kattalik bo'lishi mumkin; shu
 sababli minus ishora qo'yiladi. Reaksiya mahsulotlaridan birining —
С yoki D modda konsentratsiyasining o'zgarishini ham kuzatish 
mumkin; bu modda konsentratsiyasi reaksiya davomida ortib boradi,
 shu sababli tenglamaning o'ng qismiga plus ishora qo'yish lozim.

Reaksiyaning tezligi doimo o'zgarib turganligi sababli kimyoviy
 kinetikada faqat reaksiyaning haqiqiy tezligi v, ya’ni vaqtning shu
 momentidagi tezligi ko'rib chiqiladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan