Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga, reaksiyaning borish shart-sharoitlariga: konsen tratsiya с temperatura t katalizatorlarning ishtirok etish-etmasligiga, shuningdek, ba’zi omillarga (masalan, gazlarda bo'ladigan reaksiyalarda — bosimga, qattiq moddalarning reaksiyalarida — maydalanganligiga, radioaktiv nurlantirishga) bog'liq.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalarining ta’siri. A va В moddalar o'zaro kimyoviy reaksiyaga kirishishi uchun ularning molekulalari (zarrachalari) bir-biri bilan to'qnashishi kerak. To'qnashuvlar qancha ko'p bo'lsa, reaksiya shuncha tez ketadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi qancha yuqori bo'lsa, to'qnashuvlar soni shuncha ko'p bo'ladi. Shu mulohazalar va ko'p tajribalar ma’lumotlari asosida kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni ta’riflangan; bu qonun reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasiga bog'liqligini belgilab beradi:
kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari ko‘paytmasiga proporsionaldir.
Reaksiyaning tezlik konstantasi k reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga va temperaturaga bog'liq, lekin moddalarning konsentratsiyasiga bog'liq emas.
Reaksiya tezligini reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi bilan bog'laydigan tenglama reaksiyaning kinetik tenglamasi deyiladi. Agar reaksiyaning kinetik tenglamasi tajriba yo'li bilan aniqlangan bo'lsa, u holda reaksiyaga kirishayotgan o'sha moddalarning boshqa konsentratsiyalardagi reaksiya tezligini shu tenglama yordamida hisoblab topish mumkin.
Temperaturaning ta’siri. Reaksiya tezligining temperaturaga bog'liqligi Vant-Goff qoidasi bilan aniqlanadi:
temperatura har 10° ga ko‘tarilganda ko‘pchilik reaksiyalarning tezligi 2—4 marta ortadi.
Vant-Goff qoidasi taqribiy bo‘lib, uni reaksiyaning tezligiga temperaturaning ta’sirini taxminiy baholash zarur bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Temperatura kimyoviy reaksiyaning tezligiga ta’sir etib, tezlik konstantasini oshiradi.