Temperatura o‘zgarganida reaksiya tezligining tez o‘zgarishini aktivlashish nazariyasi tushuntirib beradi. Bu nazariyaga muvofiq ushbu reaksiyani amalga oshirishga yetarli energiyasi bor aktiv molekulalar (zarrachalar) gina kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Noaktiv zarrachalarga zaruriy qo‘shimcha energiya berish yo‘li bilan ularni aktiv zarrachalarga aylantirish mumkin — bu jarayon aktivlanish deyiladi. Aktivlanishning usullaridan biri — temperaturani oshirish; temperatura ko‘tarilganda aktiv zarrachalar soni ko‘payadi, shu tufayli reaksiya tezligi ham keskin ortadi.
Reaksiyaga kirishadigan moddalar molekulalarini (zarra- chalarini) aktiv zarrachalarga aylantirish uchun ularga berilishi lozim bo‘lgan energiya aktivlanish energiyasi deyiladi.
Bu energiya tajriba yo‘li bilan aniqlanadi, u Ea harfi bilan belgilanadi va odatda kJ/mol da ifodalanadi. Masalan, vodorod bilan yodning birikishi uchun (H2+J2=2HJ) Ea = 167,4 kJ/mol, vodorod yodidining parchalanishi uchun (2HJ=H2+J2) Ea= 186,2 kJ/mol.
Bu tasavvurlar umumiy holda A2+B2=2AB reaksiya misolida tushuntirib berilgan. Ordintalar o‘qi sistemaning potensial energiyasi, abssissalar o‘qi — reaksiyaning borishini ko'rsatadi: boshlang'ich holat —o‘tish holati — oxirgi holati. Reaksiyaga kirishayotgan A2 va B2 moddalar reaksiya mahsuloti AB ni hosil qilishi uchun ular energetik to‘siq С ni yengib o'tishi kerak. Bunga aktivlanish energiyasi Еa sarflanadi va sistemaning energiyasi sarflangan energiya miqdori qadar ortadi. Bunda reaksiya jarayonida reaksiyaga kirishadigan moddalar zarrachalaridan о ‘tish holati yoki aktivlangan kompleks deyiladigan beqaror oraliq birikma (C nuqtada) hosil bo‘ladi, keyin uning parchalanishi oxirgi mahsulot AB ning hosil bo‘lishiga olib keladi. Reaksiya mexanizmini ushbu sxema bilan tasvirlash mumkin:
Reaksiyaning tezligi aktivlanish energiyasining qiymatiga bevosita bog'liq: agar u kichik bo'lsa, u holda ma’lum vaqt ichidagi reaksiyada ko'p sondagi zarrachalar energetik to'siqni yengib o'tadi va reaksiyaning tezligi yuqori bo'ladi, lekin agar aktivlanish energiyasi katta bo'lsa, u holda reaksiya sekin boradi.