Qaytmas va qaytar reaksiyalar


Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan
boshlang‘ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to‘liq aylanadigan
reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi.

Bunday reaksiyaga kaliy xloratning (bertole tuzining) qizdiril-
ganda parchalanishi misol bola oladi:

                                                                  2KClO3= 2КС1+ЗО2 

Kaliy xloratning hammasi kaliy xlorid bilan kislorodga
aylangandan keyingina reaksiya to‘xtaydi. Qaytmas reaksiyalar un-
chalik ko‘p emas. Ko'pchilik reaksiyalar qaytar boiadi.

Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.

Qaytar reaksiyalarning tenglamalarida chap va o‘ng qismlari orasida
qarama-qarshi tomonlarga yo'nalgan ikkita strelka qo'yiladi. Bunday
reaksiyalarga vodorod bilan azotdan ammiak sintezi misol bo'la oladi:

Texnikada qaytar reaksiyalar, odatda, afzal bo'lmaydi. Shu
sababli ular turli usullar (temperatura, bosimni o‘zgartirish va
b.) bilan amalda qaytmas qilinadi.

Quyidagi hollarda reaksiyalar qaytmas bo'ladi:

1) hosil bo‘ladigan mahsulotlar reaksiya doirasidan chiqib
ketadi — cho‘kma holida tushadi, gaz holida chiqadi.

2) kam dissotsilanadigan birikma.

3) reaksiyada ko‘p energiya chiqadi.

Qaytmas reaksiyalarning tenglamalarida chap va o‘ng qismlari
orasiga tenglik ishorasi yoki strelka qo'yiladi.

 

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan