Qaytar reaksiyalar oxirigacha bormaydi va kimyoviy muvozanat qaror topishi bilan tugallanadi. Masalan, ammiak sintezi reaksiyasida vaqt birligi ichida qancha molekula ammiak hosil bo'lsa, shuncha ammiak azot bilan vodorodga ajraladigan holatda muvozanat qaror topadi. Demak,
reaksiyaga kirishayotgan moddalar sistemasining to‘g‘ri va teskari reaksiyalarning tezligi o‘zaro teng bo‘lgan hoiati kimyoviy muvozanat deb ataladi.
Muvozanat holatida to'g'ri reaksiya ham, teskari reaksiya ham to'xtamaydi. Shu sababli bunday muvozanat harakatdagi yoki dinamik muvozanat deyiladi. Ikkala reaksiyaning ta’siri bir-birini yo'qotgani sababli reaksion aralashmada sezilarli o'zgarishlar sodir bo'lmaydi: reaksiyaga kirishayotgan moddalarning — boshlang'ich moddalarning ham hosil bo'ladigan moddalarning ham konseniratsiyalari o'zgarmasligicha qoladi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning kimyoviy muvozanat qaror topgandagi konsen- Iratsiyasi muvozanat konsentratsiyasi deyiladi. Ular odatda reaksiyaga
Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura, gazsimon moddalar uchun esa bosim ham ta’sir etadi. Bu parametrlardan bittasi o'zgarganida muvozanat buziladi va reaksiyaga kirishayotgan barcha moddalarning konsentratsiyasi yangi muvozanat qaror topgunga qadar o'zgaraveradi, bu muvozanat konsentratsiyalarning boshqa qiymatlarida qaror topadi. Reaksiya sistemasining bir muvozanat holatidan boshqasiga bunday o'tishi kimyoviy muvozanatning siljishi (yoki surilishi) deyiladi. Agar sharoit o'zgarganida oxirgi moddalarning konsentratsiyasi ko'paysa, muvozanat reaksiya mahsulotlari tomoniga siljigan bo'ladi. Agar boshlang'ich moddalarning konsentratsiyasi ko'paysa, u holda muvozanat boshlang'ich moddalar hosil bo'lishi tomoniga siljigan bo'ladi.