Le Shatelye prinsipi


Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, temperatura va bosim (gazlardagi reaksiyalarda) o'zgarganda kimyoviy
muvozanatning siljish yo'nalishi umumiy qoida bilan aniqlanadi, bu
qoida siljuvchan muvozanat prinsipi yoki Le Shatelye prinsipi deyiladi:

agar muvozanatdagi sistemaga biror tashqi ta’sir o‘tkaziIsa
(konsentrasiya, temperatura, bosim o‘zgartirilsa) u ikki qarama-
qarshi reaksiyadan shu ta’sirni kamaytiradigan reaksiyaning
borishiga yordam beradi.

Agar tashqi ta’sir azot yoki vodorod konsentratsiyasini ortti-
rishdan iborat bo'lsa, u holda bu ta’sir shu moddalarning konsen
tratsiyasini kamaytiradigan reaksiyaga yordam beradi va, binobarin,
muvozanat ammiak hosil bo'lish tomoniga siljiydi. Ammiak
konsentratsiyasining ko'payishi muvozanatni boshlang'ich mod
dalar tomoniga siljitadi.

Tenglamadan ko'rinib turganidek, to'g'ri reaksiya issiqlik chiqishi bilan borgani uchun temperaturaning ko'tarilishi issiqlik
yutiladigan reaksiyaning borishiga yordam beradi va muvozanat
boshlang'ich moddalar tomoniga siljiydi; temperaturaning pasayishi
muvozanatni reaksiya mahsulotlari tomoniga siljitadi.

Tenglamadan ko'rinib turganidek, to'g'ri reaksiya issiqlik
chiqishi bilan borgani uchun temperaturaning ko'tarilishi issiqlik
yutiladigan reaksiyaning borishiga yordam beradi va muvozanat
boshlang'ich moddalar tomoniga siljiydi; temperaturaning pasayishi
muvozanatni reaksiya mahsulotlari tomoniga siljitadi.

Muvozanatning siljishiga bosimning ta’sirini aniqlash uchun
tenglamaning chap va o'ng qismlaridagi molekulalar sonini
hisoblab chiqish kerak. Keltirilgan misolda tenglamaning chap
qismida ikkita, o'ng qismida — bitta molekula bor. Bosimning
oshirilishi molekulalar soni kamayadigan jarayonga yordam
berganligi uchun ushbu holda muvozanat reaksiya mahsuloti
tomoniga siljiydi. Ravshanki, bosimning kamayishi muvozanatni
boshlang'ich moddalar tomoniga siljitadi.

Muvozanatni istalgan yo'nalishda siljitish Le Shatelye
prinsipigaasoslangan bo'lib, kimyoda katta rol o'ynaydi. Ammiak
sintez qilish va sanoatdagi boshqa ko'pchilik jarayonlarda
muvozanatni olinadigan mahsulot unumdorligi katta bo'ladigan
tomonga siljitish usullarini tatbiq etish tufayli amalga oshirilgan.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan