Eritmalar tarkibining son ifodasi


Tabiatdavatexnikadaeritmalar katta ahamiyatga ega. O'simliklar
moddalarni eritmalar holida o'zlashtiradi. Ovqatning hazm bo'lishi
oziq moddalarning eritmaga o'tishi bilan bog'liq. Tabiatdagi barcha
suvlar eritmalar hisoblanadi. Muhim fiziologik suyuqliklar — qon,
limfa va boshqalar eritmalardir. Ko'pchilik kimyoviy reaksiyalar
eritmalarda boradi.

Eritmalar ikki yoki undan ko'p komponendar (tarkibiy qism-
lar) va ularning o'zaro ta’sir mahsulotlaridan tarkib topgan bir
jinsli (gomogen) sistemalardir.

Agregat holatiga ko'ra, eritmalar suyuq, qattiq va gazsimon
bo'ladi.Suyuq eritmalariga misol tariqasida tuzlarning suvdagi
eritmalarini ko'rsatish mumkin; qattiq eritmalarga nikel bilan
misning qotishmasi (shulardan chaqa-tanga yasaladi)yoki oltin
bilan kumushning qotishmasi misol bo'la oladi; gazsimon eritmalar— gazlarning aralashmalari, havo. Bular orasida eng katta
ahamiyatga ega bo'lgan suyuq (suvdagi) eritmalardir.

Har qanday eritmaning muhim xarakteristikasi uning tar-
kibidir.

Eritmalar tarkibini son bilan ifodalashning har xil usullari
bor: erigan moddaning massa ulushi, molyar konsentratsiyasi va
boshqalar.

Erigan moddaning massa ulushi — bu o‘lchamsiz fizik kattalik
bo‘lib, erigan modda massasining eritmaning umumiy massasiga
nisbatiga teng, ya’ni

Molyar konsentratsiya yoki molyarlik — bu erigan modda
miqdorining eritmaning hajmiga nisbatiga teng kattalik.

1 litrida 1 mol erigan modda bor eritma molyar eritma deyiladi.

Agar 1 1 eritmada 0,1 mol modda bo'lsa, bu eritma detsimolyar,0,01 mol bo'lsa, santimolyar, 0,001 mol bo'lsa, millimolyar eritma
deyiladi. Eritmaning molyarligi odatda M harfi bilan belgilanadi.
Masalan, 1M NaOH — natriy gidroksidning molyar eritmasi,
bunday eritmaning 1 litrida 1 mol modda yoki 1 mol-40 g/mol-=40 gNaOH bo‘ladi; 001 M NaOH— santimolyar eritma, uning
1 litrida 0,01 mol, ya’ni 0,01-40
g=0,4 g NaOH bo'ladi va h.k.
Masalan, natriy gidroksidning
detsimolyar eritmasini tayyorlash
uchun undan tarozida 4 g tortib
olish, 1 litrga teng aniq hajmi belgilab qo'yilgan litrli o'lchov kolbasiga
solish  modda bata-
mom eriguncha distillangan suv
quyish va so'ngra eritma hajmini
belgigacha yetkazish lozim.

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan