Eruvchanlik — bu moddaning suvda yoki boshqa erituvchida erish xossasidir. Suvda qattiq, suyuq va gazsimon moddalar erishi mumkin.
Suvda eruvchanligiga ko'ra barcha modular uchta guruhga bo'linadi: 1) yaxshi eriydigan, 2) kam eriydWi va 3) amalda erimaydigan moddalar. Amalda erimaydigan moddalar to'g'ridan to'g'ri erimaydigan moddalar ham deyiladi. Lekin mutlaqo erimaydigan moddalar yo'qligini ta’kidlab o'tish lozim. Agar suvga shisha tayoqcha yoki oltin,yo kumush bo'lagi botirilsa, ular suvda nihoyatda oz miqdorda bo'lsa ham, har holda eriydi. Ma’lumki, kumush yoki oltinning suvdagi eritmalari mikroblarni o'ldiradi.
Shisha, kumush, oltin — bular suvda amalda erimaydigan moddalarga (qattiq moddalar) misollardir. Shunday moddalar qatoriga kerosin, o'simlik moyi (suyuq moddalar), nodir gazlarni (gazsimon moddalar) ham kiritish mumkin. Suvda kam eriydigan moddalarga gips, qo'rg'oshin sulfat (qattiq moddalar), dietil efir, benzol (suyuq moddalar), metan, azot, kislorod (gazsimon moddalar) misol bo'la oladi. Ko'pchilik moddalar suvda ancha yaxshi eriydi. Bunday moddalarga shakar, mis kuporosi, natriy gidroksid (qattiq moddalar), spirt, aseton (suyuq moddalar), vodorod xlorid, ammiakni (gazsimon moddalar) misol qilib ko'rsatish mumkin.
Yuqorida keltirilgan misollardan eruvchanlik avvalo moddalarning tabiatiga bog'liq, degan xulosa kelib chiqadi. Bundan tashqari, u temperatura va bosimga ham bog'liq. Erish jarayonining o'zi erigan modda zarrachalari bilan erituvchining o'zaro ta’- sirlashuvidan iborat; bu o'z-o'zidan sodir bo'ladigan jarayon.
Qattiq moddalarning suyuqliklarda erish jarayonini shunday tasawur qilish mumkin: erituvchi ta’sirida qattiq modda sirtlaridan alohida ion yoki molekulalar asta-sekin ajrala boshlaydi va erituvchining barcha hajmi bo'yicha bir me’yorda taqsimlanadi. Agar erituvchi moddaning ko'p miqdori bilan ta’sirlashsa, u holda ma’lum vaqt o'tgandan keyin eritma to'yingan bo'lib qoladi.
Erigan moddaning ortiqchasi bilan dinamik muvozanatda turgan eritma to‘yingan eritma deyiladi.
To'yingan eritma tayyorlash uchun suvga berilgan tempe raturada moddani aralashtirib turgan holda cho'kma hosil bo'l- guncha, ya’ni moddaning ortiqchasi erimay qolguncha qo'shib borish kerak. Bu holda eritma bilan erigan moddaning ortiqchasi orasida dinamik muvozanat qaror topadi: moddaning nechta zarrachasi eritmaga o'tsa, ularning shunchasi eritmadan ajralib chiqadi (kristallanadi). To'yingan eritmada berilgan temperaturada erigan moddaning mumkin bo'lgan eng ko'p miqdori bo'ladi.
Eruvchanlik miqdoriy jihatdan to'yingan eritmaning konsen tratsiyasi bilan ifodalanadi. Ko'pincha u berilgan temperaturada 100 g erituvchida eritish mumkin bo'lgan moddaning eng ko'p grammlar soni bilan ifodalanadi. Bu miqdor ba’zan eruvchanlik koeffitsiyenti yoki oddiygina qilib moddaning eruvchanligi deb ataladi. Masalan, 18°C da 100 g suvda 51 g qo'rg'oshin (II) nitrat Pb(NO3)2 tuzi eriydi (ya’ni bu tuzning 18°C dagi eruvchanligi 51,7 ga teng). Agar o'sha temperaturada shu miqdordan ortiqcha yana qo'rg'oshin (II) nitrat tuzidan qo'shilsa, u erimaydi, balki cho'kma holida qoladi.
Eritma sovitilganda undan qancha tuz cho'kmaga tushishini eruvchanlik egri chiziqlari yordamida oson hisoblab topish mumkin. Masalan, agar 100 g suv olib, kaliy nitratning 45 °C da to'yingan eritmasi tayyorlansa, so'ngra u 0 ° ga qadar sovitilsa, eruvchanlik egri chizig'iga (5.2- rasm) ko'ra bunda 60 g tuz kristallari cho'kmaga tushishi kerak. Eruvchanlik egri chiziqlari yordamida moddalarning turli temperaturadagi eruvchanlik koeffitsiyenti oson aniqlanadi.
Temperatura pasayganida eritmadan moddaning ajralib chiqishi kristallanish deyiladi. Agar eritmada aralashmalar bor bo'lsa, kristallanishda doimo toza modda olinadi, chunki eritma hatto temperatura pasayganida ham aralashmalargaViisbatan to'yinmagan bo'ladi va ular cho'kmaga tushmaydi. Moddalarni tozalashning qayta kristallga tushirish deyiladigan usuli ana sntmgar asoslangan.