Ba’zi moddalar erigan yoki suyuqlangan holatda elektr tokini o'tkazmasligi yaxshi ma’lum. Buni oddiy asbob yordamida kuzatish mumkin. Bu asbob simlar vositasida elektr tarmoqqa ulangan ko'mir sterjenlardan (elektrodlardan) tarkib topgan. Zanjirga elektr lampochka ulangan, u zanjirda tok bor yoki yo'qligini ko'rsatadi. Agar elektrodlar shakar eritmasiga botirilsa, lampochka yonmaydi. Lekin elektrodlar natriy xlorid eritmasiga botirilganda lampochka ravshan yonadi.
Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi.Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajralmaydigan va elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.
Elektrolitlarga kislotalar, asoslar va deyarli barcha tuzlar, noelektrolitlarga — organik birikmalarning ko'pchiligi, shuningdek, molekulalarida faqat kovalent qutbsiz va kam qutbli bog'lanishlar bo'ladigan moddalar kiradi.
Elektrolitlar — ikkinchi tur o'tkazgichlardir. Ular erit¬ mada yoki suyuqlanmada ion¬ larga ajraladi, shu tufayli ham tok o'tadi. Ravshanki, eritmada ionlar qancha ko'p bo'lsa, u elektr tokini shuncha yaxshi o'tkazadi. Toza suv elektr tokini juda kam o'tkazadi.
Elektrolitlarning suvda eriganda ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsilanish deyiladi.
Masalan, natriy xlorid NaCl suvda eriganida batamom natriy ionlari Na+ bilan xlorid ionlar Cl ga ajraladi. Suv vodorod ionlari H+ bilan gidroksid ionlar OH ni juda oz miqdorlardagina hosil qiladi.