Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi


Elektrolitlar suvdagi eritmalarining o‘ziga xos xususiyatlarini
tushuntirish uchun shved olimi S. Arrenius 1887- yilda elektrolitik
dissotsilanish nazariyasini taklif etdi.Keyinchalik bu nazariyani
atomlarning tuziiishi va kimyoviy bog'lanish haqidagi ta’limot
asosida ko‘pgina olimlar rivojlantirdilar. Bu nazariyaning hozirgi
mazmunini quyidagi uchta qoidadan iborat, deyish mumkin:

1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga
ajraladi (dissotsilanadi).

2. Elektr toki ta’sirida ionlar bir yo‘naIishda barakatlanadi:
musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryadlanganlari —
anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan
ionlar kationlar, manfiy zaryadlanganlari — anionlar deyiladi.

Ionlarning bir yo'nalishda harakat qilishiga sabab ularning
qarama-qarshi elektrodlar tomonidan tortilishidir.

3. Dissotsilanish — qaytar jarayon: molekulalarning ionlarga
ajralishi (dissotsilanishi) bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni
(assotsilanish) ham sodir bo‘ladi. I

Shu sababli elektrolitik dissotsilanish tenglamalarida tenglik
ishorasi o'rniga qaytarlik ishorasi qo'yiladi. Masalan, KA elektrolit
molekulalarining kation K+ bilan anion A- ga dissotsilanish
tenglamasi umumiy holda quyidagicha yoziladi:

Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi anorganik kimyodagi asosiy
nazariyalardan biri bo'lib, atom-molekular ta’limot hamda atom
ning tuziiishi nazariyasiga to'la muvofiq keladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan