Elektrolitik dissotsilanish mexanizmi haqidagi masala juda muhimdir. Haqiqatan ham, elektrolitlar nima uchun ionlarga dissotsilanadi? Atomlarning kimyoviy bog'lanish haqidagi ta’limot bu savolga javob berishga yordam beradi.
Ionli bog'lanishli moddalar eng oson dissotsilanadi.
Ma’lumki, bunday moddalar ionlardan tarkib topgan bo'ladi . Ular eriganida suvning dipollari musbat va manfiy ionlar atrofida to'planadi. Ionlar bilan suvning dipollari orasida o'zaro tortishuv kuchlari vujudga keladi. Natijada ionlar orasidagi bog'lanish susayadi, ionlar kristalldan eritmaga o'ta boshlaydi. Bunda gidratlangan ionlar, ya’ni suv molekulalari bilan kimyoviy bogiangan ionlar hosil boiadi.
Molekulalari qutbli kovalent bogianishdan hosil boigan (qutbli molekulalar) elektrolitlar ham shunga o'xshash dissotsilanadi. Moddaning har qaysi qutbli molekulasi atrofida ham suv dipollari to'planadi, bunda ular o'zining manfiy qutbi bilan molekulaning musbat qutbiga, musbat qutbi bilan esa molekulaning manfiy qutbiga tortiladi. Bunday o'zaro ta’sir natijasida bogiovchi elektron bulut (elektronlar jufti) elektrmanfiyligi katta boigan atomga tomon toiiq siljiydi, qutbli molekula ionli molekulaga aylanadi va so'ngra gidratlangan ionlar oson hosil boiadi. Qutbli molekulalar toiiq yoki qisman dissotsilanishi mumkin. Shunday qilib, ionli yoki qutbli bogianishli birikmalar — tuzlar, kislotalar va asoslar elektrolitlar hisoblanadi. Ular qutbli erituvchilarda ionlarga dissotsilanishi mumkin.