Taniqli rus kimyogari A. Kablukov elektrolitik dissotsilanishni D. I. Mendeleyevning eritmalarning kimyoviy nazariyasi yordamisiz tushuntirib boimasligini ko‘rsatdi. Ma’lumki, D. I. Mendeleyev erigan modda erituvchi bilan o'zaro ta’sirlashganida kimyoviy birikmalar hosil boiishini tajriba yoii bilan asoslab bergan edi. Haqiqatan ham, erish jarayonida erigan moddaning suv bilan kimyoviy o‘zaro ta’siri sodir boiadi, buning natijasida gidratlar hosil boiib, so'ngra ular ionlarga dissotsilanadi (5.6- rasmga q.). Bu ionlar suv molekulalari bilan bogiangan, ya’ni gidratlangan boiadi. I. A. Kablukov suvdagi eritmada faqat gidratlangan ionlar boiadi, deb taxmin qilgan edi.
Hozirgi vaqtda bu tasawur umum tomonidan e’tirof etilgan.
Shunday qilib, ionlarning gidratlanishi («umumiy holda solvatlanish») — dissotsilanishning asosiy sababidir. Gidratlanish ionlarning qayta birikishini (assotsilanishini) ham qisman qiyin- lashtiradi.
Gidratlangan ionlar tarkibidagi suv molekulalarining soni o'zgarmas va o‘zgaruvchan boiishi mumkin. Bir molekula suvni tutib turadigan vodorod H+ o'zgarmas tarkibli gidrat hosil qiladi— bu gidratlangan proton H+(H20). Ilrmy adabiyotda u H30+(yoki OH3) formula bilan tasvirlanadi va gidroksoniy ioni deyiladi.
Shuni yodda tutish kerakki, eritmalarda H+ ion boimaydi, balki H30+ ion boiadi, uni ba’zan soddalashtirib, shartli ravishda H+ simvoli bilan belgilanadi.