Kislota, asos va tuzlarning suvdagi
eritmalarda dissotsilanishi


Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi yordamida kislota, asos
va tuzlarga ta’rif beriladi hamda xossalari bayon qilinadi.

Dissotsilanganda kationlar sifatida faqat vodorod kationlari hosil
bo‘ladigan elektrolitlar kislotalar deyiladi.

Kislotaning asosligini dissotsilanganda hosil bo'ladigan vodorod
kationlarining soni bilan aniqlanadi. Masalan, HC1, HN03

Ko'p asosli kislota, asosan, birinchi bosqich bo'yicha, kam-
roq ikkinchi bosqich bo'yicha va juda oz darajada uchinchi bosqich
bo'yicha dissotsilanadi. Shuning uchun, masalani fosfat kislotaning
suvdagi eritmasida H3P04 molekulalari bilan birga (asta-sekin
kamayib boradigan miqdorlarda) H2P04, HP04 ва P04 ionlari
ham bo'ladi.

Dissotsilanganida anionlar sifatida faqat gidroksid-ionlar hosil
bo‘ladigan elektronlar asoslar deyiladi.

Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyiladi. Ular ko'p emas.
Bular ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning asoslaridir: LiOH, 
NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH va Ca(OH)2, Sr(OH)2,
Ba(OH)2, Ra(OH)2, shuningdek NH4OH. Asoslarning ko'pchiligi
 suvda kam eriydi.

Asoslarning kislotaliligi ularning gidroksil gruppalari (gidrok-
sogruppalari) soni bilan aniqlanadi. Masalan, NH4OH — bir
kislotali asos, Ca(OH)2 — ikki kislotali, xFe(OH)3 — uch kislotali
va h. k. Ikki va ko'p kislotali asoslar bosqich bilan dissotsilanadi:

Lekin dissotsilanganda bir vaqtning o'zida vodorod kationlarini
va gidroksid-ionlarni hosil qiladigan elektrolitlar ham bor. Bunday
elektrolitlar amfoter elektrolit yoki qisqacha amfolitlar deyiladi.

Dissotsilanganida metallarning kationlari (shuningdek,
ammoniy kation NH+4) va kislota qoldiqlarining anionlari hosil
bo'ladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan