Dissotsilanish darajasi


Elektrolitik dissotsilanish qaytar jarayon bo'lgani sababli
elektrolitlarning eritmalarida ionlar bilan birga molekulalar ham
bo'ladi. Shu sababli elektrolitlarning eritmalari dissotsilanish darajasi
 (grekcha alfa a harfi bilan belgilanadi) bilan tavsiflanadi.

Dissotsilanish darajasi — bu ionlarga ajralgan molekulalar
sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir:

                                                                                            a=n/N

Elektrolitning dissotsilanish darajasi tajriba yo‘li bilan aniqlanadi
va birning ulushlarida yoki protsentlarda ifodalanadi. Agar a = 0
bo'lsa, u holda dissotsilanish sodir boimagan, agar a = lyoki
100% boisa, u holda elektrolit ionlarga toiiq ajralgan boiadi*.
Agar a — 20% boisa, bu berilgan elektrolitning 100 moleku-
lasidan 20 tasi ionlarga ajralganligini ko'rsatadi.

Turli xil elektrolitlarning dissotsilanish darajasi turlicha boiadi.
Tajriba dissotsilanish darajasi elektrolitning konsentratsiyasiga va
temperaturaga bogiiqligini ko'rsatadi. Elektrolitning konsentratsiyasi
kamayganida, ya’ni u suv bilan suyultirilganida dissotsilanish darajasi
doimo ko'payadi. Odatda temperaturaning ko'tarilishi ham dissotsilanish darajasini oshiradi. Elektrolitlar dissotsilanish darajasiga
qarab kuchli va kuchsiz elektrolitlarga boiinadi .

Kuchsiz elektrolit — sirka kislota elektrolitik dissotsilanganda
dissotsilanmagan molekulalar bilan ionlar orasida qaror topadigan
muvozanatning siljishini ko'rib chiqamiz:

Sirka kislota eritmasi suv qo'shib suyultirilganda muvozanat
ionlar hosil boiish tomoniga siljiydi — kislotaning dissotsilanish
darajasi ortadi. Aksincha, eritma bugiatilganda muvozanat kislota
molekulalari hosil boiish tomoniga siljiydi — dissotsilanish darajasi
kamayadi.

 

 

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan